AQSh O‘zbekistonni diniy erkinlikni buzayotgan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi

© AFP 2023 / LOIC VENANCEFlag SShA na fone goroda
Flag SShA na fone goroda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda AQSh Davlat departamenti tomonidan payshanba kuni e’lon qilingan bayonotda aytilgan

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni "vijdon erkinligi va diniy erkinlik sohasida buzilishlar" tufayli alohida tashvishga sabab bo‘layotgan 10 mamlakat ro‘yxatga kiritdi.

AQSh Davlat departamenti tomonidan payshanba kuni e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, bu ro‘yxatdan Eron, Xitoy, Shimoliy Koreya, Myanma, Eritreya, Sudan va Saudiya Arabistoni ham joy olgan. Bu o‘tgan yili ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan davlatlardir.

Tramp o peredannix SRU razveddannix RF dlya predotvrasheniya terakta v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: Pokiston Afg‘onistondan borgan jangarilarni yashirdi
Davlat departamenti bayonotida Pokiston alohida ta’kidlangan — Vashington ushbu mamlakatda "diniy erkinliklar jiddiy buzilayotganidan" tashvishda.

"Diniy erkinlikni himoya qilish tinchlik, barqarorlik va farovonlik uchun juda muhimdir. Ushbu ko‘rsatmalar bu mamlakatlarda diniy erkinlikka hurmatni oshirishga qaratilgan. Biz ko‘rsatilgan qator mamlakatlar diniy erkinlikka hurmatni oshirish ustida ish olib borayotganini tan olamiz: ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz va muloqotni davom ettirishga umid qilamiz. Qo‘shma Shtatlar butun dunyoda din erkinligini rag‘batlantirish uchun hukumatlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va diniy yetakchilar bilan hamkorlik qilishga tayyor", — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda AQSh va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarda ziddiyat oshgan. Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Islomobodni terrorizm bilan kurashdagi hamkorlikning yetarli darajada emasligida aybladi. "So‘nggi 15-yilda ular bizdan 33 milliard dollar oldi, biz esa ulardan hech narsa olmadik", — deb yozgan Tramp. AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati hozircha Pokistonga 255 mln dollarlik yordam pulini taqdim etmasligi haqida ma’lum qildi va ushbu mamlakatni terrorizm muammosiga nisbatan "ikki xil o‘yinda" aybladi. Pokiston hukumati esa Vashingtonning bayonotlaridan norozi bo‘lmoqda.

Yangiliklar lentasi
0