"Sharmandalar taxtasi": IIBB mast holatda mashina boshqarayotgan xonimlar suratini e’lon qildi

© Foto: GUVD TashkentaDoska pozora: foto pyanix avto-ledi opublikovani na sayte GUVD Tashkenta
Doska pozora: foto pyanix avto-ledi opublikovani na sayte GUVD Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi o‘zining rasmiy saytida mast holatda mashina boshqarayotganda qo‘lga tushgan haydovchilar fotosuratlarini e’lon qilishni boshladi

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Toshkent militsiyasi mast haydovchilarni ushlashda davom etmoqda. Jumladan, 2018-yilning 7 va 8-yanvar kunlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari 5,5 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilganlik holatlarini aniqladilar.

Shulardan 40 nafari mast holatda mashina boshqarganlardir, deb xabar qiladi IIBB matbuot-xizmati.

Uzbekskiy militsioner osmatrivayet mashinu - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahar IIBB qoidabuzar haydovchilarning suratlarini e’lon qildi
Natijada, qoidabuzarlar suratlari muassasa saytidagi sharmandalar taxtasida e’lon qilindi.

Ular orasida ilk marotaba ayollar ham kiritildi. Bular: 1990-yilda tug‘ilgan Al-Isavi Zarima Xasanovna, 1978-yilda tug‘ilgan Sharipova Sayoxat Shoimovna, 1984-yilda tug‘ilgan Kasimbekova Mariyam Djumabayevna va 1983-yilda tug‘ilgan Tulyaganova Nazokat Shavkatovna.

IIBB matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, 8-yanvar kuni transport vositalarini hujjatsiz boshqarganlik bo‘yicha — 22 ta; svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaganlik bo‘yicha — 24 ta; harakat davomida uyali telefondan foydalanish — 37 ta; odam tashishi qoidalarini buzish — 309 ta; tezlikni belgilangan meyoridan oshirish — 221 ta; bo‘ysunmaslik — 7; xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik bo‘yicha — 1063 ta holatlar qayd etilgan.

Jami 65 ta transport vositalari jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlarning o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

O‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi o‘zining rasmiy saytida mast holatda mashina boshqarayotganda qo‘lga tushgan haydovchilar fotosuratlarini e’lon qilishni boshladi. Hukumat shu tariqa yo‘l qoidalarini buzayotgan haydovchilarga qarshi kurashmoqchi.

Yangiliklar lentasi
0