TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Shveysariyaning "Credit Suisse" banki Boshqaruvchi direktori O‘zbekistonga keldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.
"2018 yilning 9-yanvar kuni Toshkent shahriga Shveysariyaning "Credit Suisse" banki Boshqaruvchi direktori Stefan Gerig boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi", — deyiladi xabarda.
Tashrif dasturiga binoan hamkorlikning istiqbolli loyihalarini muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston Hukumati, qator vazirlik va idoralar, yetakchi bank tuzilmalari, davlat kompaniyalari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.