12:21 20 Yanvar 2018
Efir
Voyennoslujaщiye armii Uzbekistana.

Prezident harbiylarning ruhiy tayyorgarligi boʻyicha yangi meʼyoriy hujjatlar kerakligini aytdi

© IA "Jaxon"
Yangiliklar
Havola olish
7710

Oʻzbekiston rahbari harbiy xizmatchilar har tomonlama sogʻlom va chidamli boʻlishi, har qanday murakkab jismoniy va ruhiy sinovlarga bardosh berishi kerakligini taʼkidladi

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishida soʻzlagan nutqida harbiylarining ruhiy tayyorgarligi boʻyicha yangi meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqish topshirigʻini berdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Prezident oʻz nutqi davomida har bir ofitser va serjant egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, oʻz faoliyatiga tanqidiy baho berishi kerakligini, oʻz-oʻziga "Men kelgusida xizmatni davom ettirishga munosibmanmi yoki yoʻqmi?" degan savolga javob berishi shartligini qayd etdi.

Mirziyoyevga koʻra, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik harbiy xizmatchilar uchun xizmat faoliyatida, harbiy karyerasida va umuman, turmush tarzida hal qiluvchi omillardan biri boʻlishi zarur.

"Harbiy xizmatchilarning ruhiy jihatdan chidamli boʻlishi haqida gapirganda, keyingi paytda dunyoning turli mintaqalarida sodir boʻlayotgan qurolli toʻqnashuvlarda koʻzga tashlanayotgan bir holatga eʼtiboringizni qaratmoqchiman. Yaʼni, jangovar harakatlar davomida shaxsiy tarkib oʻrtasidagi yoʻqotishlarning asosiy qismi kuchli ruhiy taʼsir va zarbalar bilan bogʻliq ekani maʼlum boʻlmoqda. Bunday ruhiy jarohatlarni hatto tinch hayot sharoitida ham davolash juda murakkab masaladir", — dedi prezident.

Shu munosabat bilan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari barcha toifadagi harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi boʻyicha printsipial jihatdan yangi meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqish topshirigʻi berildi. Bu borada asosiy eʼtiborni harbiy-amaliy masalalarni hal etishga yoʻnaltirish lozim. Harbiy xizmatchilar har tomonlama sogʻlom va chidamli boʻlishi, har qanday murakkab jismoniy va ruhiy sinovlarga bardosh berishi kerak", qoʻshimcha qildi Mirziyoyev.

Asosiy mavzular