12:20 20 Yanvar 2018
Efir
Prazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti Xazrati Imam

Diniy ulamolarning OAVlarda chiqishlari koʻpaytiriladi

© muslim.uz
Yangiliklar
Havola olish
35320

Notoʻgʻri oqim va yoʻnalishlarga kirib ketuvchi, toʻgʻri yoʻldan aldanuvchi fuqarolar asosan migrantlar orasida sodir boʻlayotganligini inobatga olib, diniy vakillar bilan birgalikda profilaktik suhbatlarni uzoq muddat chet elga chiqib kelgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan fuqarolar oʻrtasida tashkil qilish lozimligi taʼkidlandi

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Ichki ishlar vazirligida diniy masalalar bilan bevosita shugʻullanadigan mutasaddi tashkilotlar masʼuliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.

Yigʻilishda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshligʻi polkovnik Oʻ.Murodov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Ortiqbek Yusupov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari shayx Abdulaziz Mansur va Toshkent shahar bosh imom-xatibi A.Tursunovlar ishtirok etishdi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqan, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Yusupov islom dini niqobi ostida qon toʻkayotganlar, asl islom dini mohiyatini tushunmasligini, islom dini hech qachon terrorizm va ekstremizmga yoʻl bermasligini taʼkidladi.

Ortiqov bu borada mahalla, ichki ishlar organlari xodimlari va diniy ulamolar hamjihat boʻlishi, bir yoqadan bosh chiqarib oʻz faoliyatini toʻgʻri tashkil qilish lozimligini bildirib, diniy ekstremistik oqimlar aʼzosi sifatida ichki ishlar organlarida maxsus roʻyxatdan chiqarilgan fuqarolarni kelgusida qoʻllab-quvvatlash, ularning nopok yoʻllarga kirib qolishini oldini olish, turli buzgʻunchi kuchlardan himoya qilish boʻyicha ishlar endi yangi bosqichga chiqqanligini, ular bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish lozimligini qayd etdi.

Bundan tashqari, hozirda notoʻgʻri oqim va yoʻnalishlarga kirib ketuvchi, toʻgʻri yoʻldan aldanuvchi fuqarolar asosan migrantlar orasida sodir boʻlayotganligini inobatga olib, diniy vakillar bilan birgalikda profilaktik suhbatlarni uzoq muddat chet elga chiqib kelgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan fuqarolar oʻrtasida tashkil qilish lozimligi, fuqarolarga asl islom dini mohiyatini tushuntirishda diniy ulamolarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini koʻpaytirish maqsadga muvofiqligini taʼkidladi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari shayx Abdulaziz Mansur tomonidan yigʻilish ishtirokchilariga Qurʼoni karimning baʼzi oyatlari tafsiri tushuntirilib, xususan, terrorchi va ekstremistik kuchlar islom dini niqobi ostida Qurʼon oyatlarini buzib talqin qilish orqali, oʻz manfaatlari yoʻlida fuqarolarni buzuq eʼtiqodga ergashtirayotganliklari aytildi.

Shuningdek, "Hizbut-tahrir" diniy ekstremistik tashkilot tomonidan Qurʼoni karimning "Oli Imron" surasi, 103-oyati notoʻgʻri talqin qilinib, fuqarolar tomonidan oqimga ergashish, jinoyat sodir etish holatlari sodir boʻlganligini, aslida, oqim vakillari bilan oʻtkazilgan suhbatlarda, ularga ilmiy islom aqidalarini izohlab, sharhlar va isbotlar keltirilganida oʻz gʻoyalari notoʻgʻri ekanligini tushunib yetganliklari, ilmiy manbalarga asoslanmagan holda Qurʼoni karim oyatlariga tafsirlar berilganligi taʼkidlandi.

Missionerlik va prozelitizm kabi illatlarning tarqalish sabablari ham yigʻilishda muhokama qilinib, kelgusida bu turdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va ularni oldini olish ishlarida din masalalari boʻyicha mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi zarur boʻlgan taklif va mulohazalar bayon etildi.

Asosiy mavzular