06:44 19 Yanvar 2018
Efir
Portfel s dokumentami

Soliq qoʻmitasi oliy maʼlumotlilar va kollej bitiruvchilari orasidan ishchi qidirmoqda

Sputnik / Aleksey Drujinin
Yangiliklar
Havola olish
42320

Davlat soliq organlarining inspektorlar tarkibi lavozimlari oʻrta maxsus darajadan kam boʻlmagan iqtisodiyot, moliya yoki yuridik ixtisoslik boʻyicha maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar tanlov asosida ishga qabul qilinadi

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi davlat soliq xizmati organlaridagi boʻsh boʻlgan lavozimlarga ishga taklif qilishi haqida eʼlon berdi.

"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlarining rahbarlik va inspektorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilish hamda lavozimlariga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 avgustdagi 677-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisida"gi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi", — deyiladi qoʻmita matbuot-xizmati xabarida.

Soliq organlari xizmatiga yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeidan qatʼiy nazar, oʻzlarining kasb, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy sifatlariga, maʼlumoti darajasiga va salomatligiga koʻra, davlat soliq organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlashga qodir boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Davlat soliq organlarining inspektorlar tarkibi lavozimlari oʻrta maxsus darajadan kam boʻlmagan iqtisodiyot, moliya yoki yuridik ixtisoslik boʻyicha maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Asosiy mavzular