06:44 19 Yanvar 2018
Efir
Sotsialnaya set Feysbuk

Facebook siyosati oʻzgaradi: Tsukerberg odamlar tarmoqda kamroq oʻtirishini xohlayapti

© Sputnik/ Natalya Seliverstova
Yangiliklar
Havola olish
21310

Shuningdek, kompaniyalar, brendlar va OAVlar tomonidan qoʻyiladigan postlar soni esa qisqartiriladi va ular tomonidan qoʻyiladigan postlar soni ham "odamlar orasida muhim aloqalarni yoʻlga qoʻyishga yordam berishi" kerak

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Facebook ijtimoiy tarmogʻi asoschisi Mark Tsukerberg sayt siyosatida yuz berishi kutilayotgan oʻzgarishlar haqida eʼlon qildi. Maʼlum boʻlishicha, oʻzgarishlar odamlar oʻrtasida muloqotni mustahkamlash va taniqlik foydalanuvchilar kontentini kamaytirishga qaratilgan.

Facebook asoschisi M.Tsukerberg
© Sputnik/ Ramil Sitdikov
Tsukerbergning aytishicha, u barcha oʻzgarishlarni ijtimoiy aloqalar foydasi uchun amalga oshirmoqda. Endilikda Feysbuk foydalanuvchilariga oʻz doʻstlari, oila aʼzolari va guruhlardan koʻproq xabarga ega boʻlish imkoniyati taqdim etiladi.

Shuningdek, kompaniyalar, brendlar va OAVlar tomonidan qoʻyiladigan postlar soni esa qisqartiriladi va ular tomonidan qoʻyiladigan postlar soni ham "odamlar orasida muhim aloqalarni yoʻlga qoʻyishga yordam berishi" kerak.

"Bu singari oʻzgarishlarni kiritar ekanman, odamlar Facebookka kamroq vaqt sarflashlaridan umid qilaman, shuningdek, saytga kirish uchun vajlar soni ham kamayadi. Ammo, mening umidlarim shundan iboratki, Facebookda oʻtkazayotgan vaqtingiz yanada qimmatli va foydali boʻladi. Agar biz toʻgʻri qaror qabul qilgan boʻlsak, ishonchim komil, bu hamjamiyat uchun ham samarali kechib, istiqbolda biznesimizga faqat foyda keltiradi", — deb xotima qilgan Tsukerberg.

Asosiy mavzular