06:44 19 Yanvar 2018
Efir
Papka s dokumentami

MXX toʻgʻrisidagi qonun loyihasi 10 oktyabrgacha ishlab chiqiladi

Sputnik / Vladimir Fedorenko
Yangiliklar
Havola olish
77810

Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi normativ hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirilgan

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. MXX haqida qonun loyihasi 10 oktyabrgacha ishlab chiqilishi rejalashtirilgan, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri. Bu haqida "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili" davlat dasturi loyihasida belgilab oʻtilgan.

Podpisaniye dokumentov
© Sputnik/Viktor Tolochko
Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi normativ hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirilgan.

Hayotiy muhim milliy manfaatlarning tashqi va ichki tahdidlardan kafolatli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida "Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish koʻzda tutilgan.Loyihaning bajarilish muddati 2018 yil 10 oktyabr etib belgilangan.

Ijro uchun masʼullar: Prezident devoni, MXX, IIV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

Qonun loyihasida davlatni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish sohasida Milliy xavfsizlik xizmatining vazifa va funktsiyalari, huquqiy maqomi, vakolatlari; bu sohadagi parlament nazoratining mexanizmlari va faoliyatning samaradorligi mezonlari belgilanadi.

Asosiy mavzular