06:46 19 Yanvar 2018
Efir
Novыy press-sekretar Shavkata Mirziyoyeva - Komil Allamjonov

Oʻzbekiston prezidenti matbuot-kotibi muhim yangilikni eʼlon qildi

© Podrobno.UZ
Yangiliklar
Havola olish
274430

Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Shavkat Mirziyoyev matbuot-xizmati jurnalistlar bilan jonli muloqot tashkil qildi

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida juma kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot-xizmati jurnalistlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻtkazdi.

Prezident matbuot kotibi — prezident Devoni rahbari oʻrinbosari Komil Allamjonov Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev faoliyatida qabul qilinayotgan Qaror, Farmon va Farmoyishlarni keng jamoatchilikka tezkor va xolisona yetkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti matbuot-xizmati huzurida Press xoll faoliyati tashkillashtirilganini maʼlum qildi.

"Press xollda shuningdek, prezidentimiz tomonidan Hukumatimiz, Davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari oldiga qoʻyilayotgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan OAV vakillari bilan matbuot-anjumanlari tashkil etiladi", — dedi Komil Allamjonov.

Allamjonov shuningdek, Press xoll faoliyati prezident Shavkat Mirziyoyevning "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" gʻoyasidan kelib chiqib yoʻlga qoʻyilganini maʼlum qildi.

Endilikda Oʻzbekiston Hukumati aʼzolari va boshqa mansabdor shaxslar jurnalistlar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berib boradilar.

Asosiy mavzular