06:46 19 Yanvar 2018
Efir
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilari

Mirziyoyev Diplomatiya universiteti faoliyatidan norozi boʻldi

Botirjon Ganiyev
Yangiliklar
Havola olish
60120

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti chinakam istiqbolli, oʻz kasbiga sadoqatli va professional yosh kadrlar tayyorlash boʻyicha vazifalarni toʻlaqonli bajarayotgani yoʻq, dedi Mirziyoyev

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Mirziyoyev Diplomatiya universiteti faoliyatidan norozi boʻldi. "Ayni vaqtda diplomat kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishni davrning oʻzi taqozo etmoqda", — deb aytgan prezident juma kuni elchilar bilan oʻtkazgan yigʻilish davomida.

"Afsuski, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti) chinakam istiqbolli, oʻz kasbiga sadoqatli va professional yosh kadrlar tayyorlash boʻyicha vazifalarni toʻlaqonli bajarayotgani yoʻq. Universitet bitiruvchilarining davlat idoralariga ishga joylashishi oʻta past darajada qolmoqda.

Misol uchun, 2017 yilda universitetni bitirgan 235 yoshlarning atigi 14 nafari Tashqi ishlar vazirligiga ishga qabul qilingan. Ular orasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini bitirgan bironta ham yigit-qiz yoʻq.

Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga ham ushbu universitetni oʻtgan yil tamomlagan bironta yosh mutaxassis ishga olinmagan.

Shu munosabat bilan Komissiya (O.Murodov) Bosh vazir A.Aripov, Prezidentning Davlat maslahatchilari R.Qosimov, U.Ismoilov bilan birgalikda bir oy muddatda: Tashqi ishlar vazirligida kadrlar bilan ishlashni samarali tashkil etish, avvalo, iqtidorli yosh mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha aniq takliflar; Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlashi lozim", dedi Mirziyoyev.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq qator OAVlar diplomatiya universiteti rektori A.Jumanov ishdan olingani toʻgʻrisida xabar tarqatgan edi. Hozircha bu maʼlumot rasman oʻz tasdigʻini topgani yoʻq.

Asosiy mavzular