06:36 19 Yanvar 2018
Efir
Dvijeniye avtotransporta v Uzbekistane

"Avtotest Samarqand" oʻz faoliyatini boshladi

© Flickr/ stefan_fotos
Yangiliklar
Havola olish
53020

Samarqand shahrida professional haydovchilar tayyorlaydigan "Avtotest Samarqand" oʻz faoliyatini boshladi. Malaka oshirish kursini oʻtagan haydovchilar "Avtotest Report" oʻquv majmuasi sertifikatiga ega boʻladi

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Samarqand shahrida "Avtotest Samarqand" masʼuliyati cheklangan jamiyatining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Avtotest innovatsion oʻquv kompleksi yoʻl harakati qoidalarini va avtotransport vositalarini boshqarishni mukammal biladigan haydovchilar tayyorlashni maqsad qilgan. Bu yerda malakali oʻqituvchilar taʼlim va axborot texnologiyalarining soʻnggi yutuqlariga asoslangan dasturlarga muvofiq saboq berishadi.

Buning uchun "Avtotest 1.0", "Avtotest 2.0", "Avtotest 3.0" oʻquv-uslubiy kompleksi hamda multimediali oʻquv-uslubiy majmuasi ishlab chiqilgan.

Bir haftalik oʻquv tinglovchilari oʻqitishning oʻziga xos uslublari — debatlar, bahs-munozaralar, interaktiv jamoaviy oʻyinlar, sifat nazorati tizimi mashgʻulotlarida qatnashadi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan avtotransport vositalari haydovchilari ikki yilda bir marta majburiy ravishda malaka oshirishlari lozim. Malaka oshirish kursini oʻtagan haydovchilar "Avtotest Report" oʻquv majmuasi sertifikatiga ega boʻladi.

Asosiy mavzular