Toshkent shahrining boshqaruv tizimi o‘zgaradi - hokimlik

© mytashkent.uzTashkent-siti
Tashkent-siti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunda "Raqamli ofis", fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va o‘rganish, shuningdek, davlat xizmatlarini taqdim etish sohasida axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Toshkent shahri hokimligida boshqaruv tizimining zamonaviy usullarini tatbiq qilish maqsadida Seul shahri meriyasi tajribasi o‘rganilmoqda. deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati.

Toshkent shahar hududini yanada kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
Aytilishicha, bu "Raqamli ofis", fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va o‘rganish, shuningdek, davlat xizmatlarini taqdim etish sohasida axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ko‘zda tutadi. 

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Mahmud Asomovning ma’lum qilishicha, Seul meriyasi delegatsiyasi hokimlikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish borasidagi islohotlar, poytaxt tumanlarida mavjud 44 sektor faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishga tushirilgan innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishishi ko‘zda tutilgan.

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha koreyalik mutaxassislar sohani takomillashtirish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini ishlab chiqadi.

Yangiliklar lentasi
0