03:07 26 May 2017
Efir
Foto

Salom Oʻzbekiston!

Havola olish
97173
  • Mazali salom!
  • Salom!
  • Salom!
  • Modnitsa qizlardan salom!
  • Onaxon va nabiradan salom!
  • Jizzax togʻlarida asal sotuvchi amaki va unig retro avtomobilildan salom!
  • Bozordan salom!
  • Oq tulpor mingan malikadan salom!
  • Maktab bolalaridan salom!
  • Chimyonlik haydovchilardan salom!
  • Tarvuz sotuvchisidan salom!
  • Quvnoq amakidan salom!
  • Chimyon arqon yoʻlidan salom!
  • Bolakaylardan salom!
  • Navroʻz bayramiga yasangan qizaloqdan salom!
  • Pomidor sotuvchilardan salom!
  • Uyalchan qizdan salom!
  • Gilam sotuvchilardan salom!
  • Salom!
  • Buvi nabiralardan salom!
  • Uzumzordan salom!
  • Oʻzbek kovboylaridan salom!
  • Togʻ salomi!
  • Yangi yil nishonlayotgan qizlardan salom!
  • Fontanda choʻmilayotgan bolakaylardan salom!
  • Salom oʻrtoq kapitan!
  • Oilaviy salom!
  • Qish salomi!
  • Aka singil salomi!
  • Salom!
  • Non sotuvchilardan salom!
  • Quruvchilardan salom!
  • Hello moto yoki moto salom!
  • Gullar salomi!
  • Uch karra samimiy salom!
  • Tuxum sotuvchilaridan salom!
  • Etikdoʻzlardan salom!
  • YHQga amal qiluvchilardan salom!
  • Butun yurakdan salom!
  • Bugun dunyoga, bizdan ulkan salom!!!
Mazali salom!

Salom! Privet! Hi! Aloha! Hola! Shalom! Sveiki! Va yana 3000 ming tilda inson bir-biri bilan salomlashishi mumkin, lekin shu soʻzlarning hammasini biz toʻgʻri tushuna olarmikanmiz? Yoʻq albatta, lekin qoʻlni koʻtarib silkitish, dunyoning barcha burchagida hamma uchun tushunarli boʻladi, deb yozadi mytashket.uz sahifasi mualliflaridan biri Alla Gajeva

Men bolalikdan uzoqda koʻringan, poyezd yoki avtomobil oynasidan bir lahzaga koʻz oldimdan oʻtgan bolalar bilan qoʻl silkitib koʻrishishni yaxshi koʻrar edim. Men qoʻl silkitganimda, bolakaylar ham albatta xursand boʻlib menga javoban qoʻl silkitishar va bundan men judayam baxtiyor boʻlar edim. Oʻsha vaqtlarda kattalarga qoʻl silkitishga jurat qilmasdim, chunki ular "kattalar" edida.

Oʻshandan beri bir necha oʻn yillar oʻtgan boʻlsada, men haligacha qoʻl silkitishni yaxshi koʻraman. Endi men barchaga qoʻl silkitaman: maktab oʻquvchilariyu talabalarga, bozordagi sotuvchilariga, darvoza oldida oʻtirgan qariyalarga, yuk mashinalari haydovchilariga, umuman hammaga. Albatta, men ularni tanimayman, ular yaxshi odammi yoki yomon odamligini ham bilamayman, lekin aksariyat hollarda men qoʻl silkitishimga ular ham javoban qoʻl silkitidi va bir lahzaga boʻlsada — barchamiz baxtiyor boʻlamiz.

Bugun sizlarga Oʻzbekistonning turli burchaklarida olingan mana shunday baxtiyor surʼatlarimni taqdim etaman. Ularni tomsha qilib, birgina qoʻl silkitish barchani, xuddi bolalikdagidek baxtiyor qilishiga amin boʻlishingiz mumkin.

Hammangizga salom!

MyTashkent.uz sahifasi materialari asosida tayyorlandi.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular