07:04 23 Noyabr 2017
Efir
Foto

Mirey Matye va oʻzbek karnaylari - Moskvada "Spass minorasi" festivali boshlandi

Havola olish
591 0 0
© Sputnik.

Moskvada 26 avgust kuni 10-"Spass minorasi" harbiy orkestrlar festivali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda dunyoning 44 mamlakatidan 144ta harbiy orkestr ishtirok etdi.

Bu yilgi "Spass minorasi" harbiy orkestrlar festivali ushbu festivallar tarixida eng yorqin, eng esda qolarli boʻli desak mubolagʻa boʻlmaydi. 26 avgust kuni kech soat 20:00da Moskvadagi Qizil maydonda dunyoning oʻnlab mamlakatidan kelgan jamlanishdi. Ochilish marosimini jozibador frantsiyalik xonanda Mirey Matye ham ishtirok etdi. U Qizil maydonga "Zil" kabriolet avtomobililida (9 may paradida Sergey Shoygu minganga oʻxshash) chiqib keldi.

Umumiy hisobda ochilish marosimida 1500 dan ortiq musiqachilar ishtirok etishdi. Ular Orsida Oʻzbekiston mudofaa vazirligining harbiy orkestri ham bor edi. Oʻzbekistonlik harbiy musiqachilar oʻzlarining ulkan musiqa asbobi — uzunligi 2 metrdan ortiq karnaylari bilan tomoshabinlarning esida qoldi. Ochilish marosimida, shuningdek Hindiston, Misr va Shotlandiya orkestrlari chiqishlari ham qiziqarli boʻldi. Masalan, misrlik harbiy orkestr faronlar kiyimida maydonga chiqishdi.

Russsia Today telekanali tomonidan suratga olingan quyidagi videolavhada qoʻshimcha qiziqarli lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.

Yana video

Asosiy mavzular