16:45 21 Noyabr 2017
Efir
Foto

Nyu-Yorkdagi terakt "kasal va ruhan nosogʻlom odam" tomonidan sodir etilgan

Havola olish
Nyu Yorkdagi terrorchi Sayfulla Saipov ishi (14)
151300
  • AQSH prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkdagi terakt «kasal va ruhan nosogʻlom odam» tomonidan sodir etildi, deb aytdi.
  • Terrorchi begunoh odamlarni mashinada toptab oʻtgan
  • Kichik yuk avtomobili velosipedchilar yoʻlagidan bir necha kilometr bosib oʻtgan va maktab avtobusiga borib urilgan.
  • Terakt oqibatida 8 kishi qurbon boʻlgan va 10dan ortiq kishi jarohatlangan.
  • Terrorchining avtomobilida ushbu teraktni Islomiy davlat nomidan amalga oshirgani haqida yozuv topilgan.
  • Nyu-York meri Bill de Blazio ham voqeaga munosabat bildirdi. «Bu terrorizm akti», — degan u.
  • Hujumni sodir etganidan keyin haydovchi furgondan chiqqan, odamlar uning qoʻlida qurolga oʻxshash buyumni koʻrishgan. Nyu-York politsiyasi uni oʻqqa tuta boshlagan.
  • Nyu-York markazida, Manxettenda, kichik yuk avtomobili (pikap) velosipedchilar yoʻlagidan bir necha kilometr bosib oʻtgan
  • Yoʻlovchilarni bosib ketgan terrorchi politsiya xodimlaridan qochmoqda
  • Teraktni sodir etishda gumonlanib qoʻlga olingan shaxs 29 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov
REUTERS / Brendan McDermid
AQSH prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkdagi terakt «kasal va ruhan nosogʻlom odam» tomonidan sodir etildi, deb aytdi.

Seshanba kuni Nyu-York markazida, Manxettenda, kichik yuk avtomobili (pikap) velosipedchilar yoʻlagidan bir necha kilometr bosib oʻtgan va maktab avtobusiga borib urilgan. Oqibatda 8 kishi qurbon boʻlgan va 10 dan ortiq kishi jarohatlangan.

AQSH OAVlari xabariga koʻra, mazkur teraktni sodir etishda gumonlanib qoʻlga olingan shaxs 29 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov boʻlib chiqqan.

Terrorchining avtomobilida ushbu ishni "Islomiy davlat" nomidan amalga oshirgani haqida yozuv topilgan.

Mavzu:
Nyu Yorkdagi terrorchi Sayfulla Saipov ishi (14)

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular