16:57 21 Noyabr 2017
Efir
Foto

Yer ostidagi moʻʼjiza - Toshkent metrosi 40 yillik yubileyini nishonladi

Havola olish
79540
  • Toshkent metro tuneli qurilishi
  • Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib Toshkent metropoliteni barpo etildi
  • Toshkentda metro qurilishi. Quruvchilar R.Sheraliyev va G.Shadrin
  • Toshkent metrosining qurilishi 1968-1970 yillarda boshlandi
  • Toshkent metropolitening birinchi chizigʻi – Chilonzor yoʻli 1977 yil 6 noyabrda ishga tushirilgan.
  • Metro quruvchilari
  • Toshkent metrosining umumiy uzunligi 36,2 km tashkil qiladi.
  • Toshkent metro belgisi
  • Toshkent metrosida yoʻlovchilar oqimi kuniga 180 ming kishini tashkil qiladi
  • Kelgusida Toshkent metropolitenida yoʻlovchilar oqimini kuniga 300 ming kishiga yetkazish rejalashtirilmoda
  • Ispaniya Qiroli Xuan Karlos I va qirolicha Sofiya Toshkent metrosiga tashrifi
  • Chilonzor yoʻlining Xamid Olimjon bekati
  • Bugungi kunda Toshkent metrosi 3 ta metro chizigʻi 29 ta bekatdan iborat.
  • 2015 yildan boshlab metroda tashqi va ichki koʻrinishi yangicha dizayndagi vagonlar harakatlana boshladi.
© Sputnik/ Aleksey Varfolomeyev
Toshkent metro tuneli qurilishi.

Toshkent metropolitening birinchi chizigʻi – Chilonzor yoʻli 1977 yil 6 noyabrda ishga tushirilgandi.

Toshkent metropolitening birinchi chizigʻi — Chilonzor yoʻli 1977 yil 6 noyabrda ishga tushirilgan. Uning uzunligi 12,2 kmdan iborat boʻlgan.

Bugungi kunda 3 ta metro chizigʻi 29 ta bekatdan iborat boʻlib, umumiy uzunligi 36,2 kmni tashkil qiladi.

2017-2021 yillarga moʻljallangan loyiha besh bosqichda amalga oshiriladi. Yunusobod tumanida ikki bekat qurilishi jadal suratlarda olib borilmoqda.

Shuningdek, Sergeli tumanida yangi "yengil" metro yoʻli barpo etilmoqda. Ushbu yoʻl 6 ta bekatdan iborat boʻladi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida yer usti xalqa metro liniyasini barpo etish boʻyicha ishlari izchil davom ettirilmoqda. Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat mazkur metro yoʻnalishining 50,5 kilometri balandligi 6 metrlik estakadalar orqali oʻtkaziladi, 1,6 kilometri esa yer ustida quriladi.

Toshkent metrosining eng yorqin arxiv suratlari bilan foto jamlanmamizda tanishing.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular