12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Foto

Oʻzbekiston va Rossiya chorak asrlik doʻstlik: yubiley tarixiy koʻrgazma

Havola olish
75320
  • Rossiya Federatsiya Kengashi raisi oʻrinbosari Ilyas Umaxanov koʻrgazma ochilishida nutq soʻzladi.
  • Toshkentda tashkil qilingan tarixiy-hujjatli koʻrgazma arxiv suratlari.
  • Rossiya va Oʻzbekiston arxiv idoralari mutaxassislari koʻrgazmaga 200 dan ortiq tarixiy hujjatlarni kiritishdi. Ularning koʻpchiligi omma eʼtiboriga ilk bor taqdim etildi.
  • Koʻrgazmada Oʻzbekiston va Rossiya 25 yillik strategik hamkorlik salohiyatini namoyon qiluvchi eng noyob arxiv hujjatlari oʻrin olgan.
  • 1966 yilda Toshkentda roʻy bergan zilzila oqibatlarini bartaraf etilishi jarayoni.
  • Koʻrgazma Rosiya davlat iqtisodiyot arxivi, Federal arxiv agentligi va Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzarxiv va kinofotohujjatlar markaziy davlat arxivi hamkorligida tashkil qilinib, ikki davlat diplomatik aloqalarining oʻrnatilishiga 25 yilligiga bagʻishlangan.
  • Koʻrgazma ekspozitsiyasi bir nechta boʻlimlarga boʻlingan: 2017 yil 4-5 aprelda  Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi, siyosiy muzokaralar, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy hamkorlik, madaniy va gumanitar sherikchilik, umumiy tarixning bosqichlari.
  • Koʻrgazmaning maxsus boʻlimida tarixiy hujjatlar oʻrin olgan. Arxiv hujjatlarida urush yillarda Sovet ittifoqi respublikalaridan minglab aholi Oʻzbekistonga evakuatsiya qilinishi, Toshkentda 1966 yilda roʻy bergan zilzila oqibatlarini umumiy kuch bilan bartaraf etish voqealari aks etgan.
  • Koʻrgazma ekspozitsiyasi bir nechta boʻlimlarga boʻlingan: 2017 yil 4-5 aprelda  Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi, siyosiy muzokaralar, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy hamkorlik, madaniy va gumanitar sherikchilik, umumiy tarixning bosqichlari.
  • Koʻrgazma bir oy davom etadi, Oʻzbekiston aholisi ushbu noyob arxiv hujjatlari bilan tanishishlari mumkin.
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Rossiya Federatsiya Kengashi raisi oʻrinbosari Ilyas Umaxanov koʻrgazma ochilishida nutq soʻzladi.

Oʻzekspomarkazda tantanali ravishda "Oʻzbekiston va Rossiya strategik hamkorlikka 25 yil" tarixiy-hujjatli koʻrgazma ochildi.

Rossiya va Oʻzbekiston arxiv idoralari mutaxassislari koʻrgazmaga 200 dan ortiq tarixiy hujjatlarni kiritishdi. Hujjatlarning koʻpchiligi noyob arxiv hujjatlari hisoblanib, omma eʼtiboriga ilk bor taqdim etilmoqda.

Koʻrgazmani Rossiya Federatsiya Kengashi raisi oʻrinbosari Ilyas Umaxanov ochib berdi.

"Bugungi kunda Maxachkalaning obod va manzarali tumanlardan biriga "Oʻzbek shaharchasi" degan nom berilgan. Dar haqiqat bizni insonlar taqdirlari tutashib ketganligi bogʻlab turibdi, oʻtmishimiz, bugungi kunimiz va eng asosiysi kelajagimiz umumiydir. Ushbu estafetani yangi avlodlarga yetkazishimiz juda muhim", — deb aytdi Umaxanov.

Tarixiy hujjatlar koʻrgazmasi bir oy davom etadi.

 

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular