12:15 18 Dekabr 2017
Efir
Foto

Shavkat Mirziyoyev bilan oʻtgan yilning eng yorqin suratlari

Havola olish
114331
  • Oʻzbekistonda saylov oldi kompaniyasi.
  • Shavkat Mirziyoyev saylov uchastkasiga oila aʼzolari bilan birga tashrif buyurdi.
  • Oʻzbekiston Respublikasining yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi 14 dekabr kuni boʻlib oʻtdi.
  • Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi. 20 yanvar.
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati aholisi bilan uchrashdi, 27 aprel.
  • Shavkat Mirziyoyev Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrifi davomida. 14-15 aprel.
  • Shavkat Mirziyoyev xalq taʼlimi sohasidagi islohotlar masalalariga bagʻishlangan yigʻilish jarayoni.
  • Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Andijon biokimyo zavodi aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Xoʻjaobod tumanida tashkil etilgan bogʻni borib koʻrdi. 2 iyul.
  • Shavkat Mirziyoyev Samarqandga safarining ikkinchi kunida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugining Kattaqoʻrgʻon dala oʻquv maydoniga tashrif buyurdi. 28 avgust.
  • Oʻzbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali ochilishi marosimida. 31 avgust.
  • Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. 19 may.
  • Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. 8 iyun.
  • Oʻzbekiston prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga tashrifi. 5-6 sentyabr.
  • Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Moskva, 4 aprel.
  • Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashdi. 11-15 may.
  • Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 72-chi BMT Bosh Assambleyasida nutq soʻzladi. 19 sentyabr.
  • Shavkat Mirziyoyev, Emomali Raxmon i Nursulton Nazarboyev Ar-Riyodda boʻlib oʻtgan Arab-musulmon mamlakatlari sammitida. 21 may.
  • Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayevning Oʻzbekistonga tashrifi. 5-6 oktyabr.
  • Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdoʻgʻon taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyurdi. 25-27 oktyabr
  • Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirillni qabul qildi. 29 sentyabr.
  • Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi SHHT sammitida, 9 iyun.
  • Shavkat Mirziyoyev Koreya prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻldi. 22-24 noyabr.
  • Shavkat Mirziyoyevni Seul shahrida tantanali kutib olishdi, 22-24 noyabr.
  • Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga tashrifi. 22-24 noyabr.
© Sputnik/ Valeriy Melnikov
Oʻzbekistonda saylov oldi kompaniyasi.

Bir yil oldin Mirziyoyev saylovda 88,6 % ovozi bilan 5 yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan edi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston jadal rivojlanmoqda. Jamiyatda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Umumxalq muhokamasidan soʻng besh yilga moʻljallangan Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi.

Oʻzbekiston sentyabr oyning boshidan milliy valyutani erkin konvertatsiya qilish tizimiga toʻliq oʻtdi. Bu borada aholi uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni yumshatish boʻyicha barcha zarur choralar koʻrildi.

Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlar, avvalo, qoʻshni davlatlar bilan olib borayotgan ochiq, konstruktiv, oʻzaro manfaatli tashqi siyosati Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev oʻtgan davrda Turkmaniston, Qozogʻiston, Rossiya, Xitoy, Qirgʻiziston, Turkiya, Janubiy Koreyaga amalga oshirgan davlat tashriflari respublika tashqi siyosatida samarali hamkorlik va doʻstona munosabatlariga alohida eʼtibor qaratilayotganining amaliy isbotidir.

Oʻzbekiston aynan yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida oʻz salohiyatini yanada samarali amalga oshirmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida taʼkidlaganidek, oʻtgan qisqa vaqt mobaynida mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratishga erishildi.

Oʻtgan bir yil davomida tasvirga olingan eng yorqin foto suratlarni Sputnik Oʻzbekiston foto jamlanmasida koʻrishingiz mumkin.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular