06:27 19 Yanvar 2018
Efir
Foto

Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifiga oid eng yorqin suratlar

Havola olish
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)
69010
  • Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 4 dekabr kuni Afgʻoniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.
  • Marosimda, ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi, prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.
  • Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani Koʻksaroy qarorgohida munosib hurmat ehtirom bilan kutib olindi.
  • Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qoʻydi. Afgʻoniston Prezidenti Mustaqillik maydonining oʻziga xos manzarasi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi.
  • Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Afgʻoniston Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani 5 dekabr kuni Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.
  • Ashraf Gʻani Hazrati Imom majumasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oliy martabali mehmonga majmua tarixi haqida maʼlumot berildi.
  • Afgʻoniston Prezidenti majmuada saqlanayotgan Usmon mushafi va boshqa tarixiy-maʼrifiy yodgorliklarni katta qiziqish bilan tomosha qildi.
  • Tashrif davomida oʻzbek-afgʻon qoʻshma korxonasini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
  • Samimiy doʻstlik nishoni sifatida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 25 ta Isuzu avtobuslari va 3 ta New Holland traktorini janubiy qoʻshniga sovgʻa sifatida taqdim etildi.
  • Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan, taʼlim va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 20 hujjat imzolandi.
  • Mirziyoyev Oʻzbekiston bundan buyon ham qoʻshni Afgʻonistonni iqtisodiy jihatdan tiklash, uning transport va energetik infratuzilmasini rivojlantirish, milliy kadrlarini tayyorlash jarayonlarida faol ishtirok etishini maʼlum qildi.
  • Koʻksaroy qarorgohida imzolangan hujjatlar orasida Termez-Xayraton koʻprigini muhofaza qilish va temir yoʻl qurilishi toʻgʻrisida bitimlar bor.
  • Oʻzbekistonda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani 6 dekabr kuni Buxoroga keldi.
  • Afgʻoniston prezidenti Buxoro davlat universitetida professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashdi va ular oldida maʼruza qildi. Kunning ikkinchi yarmida prezident Muhammad Ashraf Gʻani boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 4 dekabr kuni Afgʻoniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 4-6 dekabr kunlari Afgʻoniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi

Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan, taʼlim va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 20 hujjat imzolandi.

Xavfsizlik masalalari boʻyicha qoʻshma komissiya tuzish, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam, Surxon — Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish, Mozori Sharif — Shibirgʻon — Maymana — Hirot temir yoʻlini barpo etish, yuk tashish, bojxona sohasidagi aloqalar toʻgʻrisidagi hujjatlar shular jumlasidandir.

Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifiga oid eng yorqin suratlar bilan Sputnik foto jamlanmasida tanishingiz mumkin.

Mavzu:
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular