Toyib Erdo‘g‘on Islom Karimovni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

© MID UzbekistanaO‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlat rahbarlaridan tabriknomalar kelishi davom etmoqda.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov nomiga rasmiy Anqara tomonidan yo‘llangan tabrikni tahririyatimizga yo‘lladi.

Maktubda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston rahbarini Mustaqillikning 25-yilligi bilan tabriklagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo mamlakatlari rahbarlari Islom Karimov nomiga samimiy qutlovlarni yo‘llashmoqda
"Islom Karimov Janobi Oliylari, hurmatli Prezident, O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan xalqim va shaxsan o‘z nomimdan Siz Zoti Davlatlarini va qardosh o‘zbek xalqini samimiy muborakbod etaman. O‘zbekistonning shu o‘tgan chorak asr  mobaynida Sizning kuchli va zukko peshqadamligingizda iqtisodiy va jamiyat rivojlanishi sohalarida erishgan muvaffaqiyatlarini guvohi bo‘lib kelyapmiz, bu bilan ham Sizning timsolingizda qardosh o‘zbek xalqini tabriklayman.

Mustahkam tarixiy va madaniy rishtalarimiz mavjud bo‘lgan O‘zbekiston bilan ikki tomonlama, mintavaqiy va xalqaro platformalardagi hamkorligimizni xalqlarimizning manfaatiga xizmat qiladigan shaklda, o‘zaro ishonch asosida, umumiy sa’y-harakatlarimiz orqali kuchaytira olishimizga ishonaman.

Qardosh turk va o‘zbek xalqlarining mushtarak qadriyatlarga tayangan mustahkam do‘stlik va birdamligi, munosabatlarimiz kelajagining garovidir.

Fursatdan foydalanib Siz Zoti Davlatlariga sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyat, qardosh o‘zbek xalqiga tinchlik, farovonlik va omonlik tilayman", — deyilgan tabrik matnida.

Yangiliklar lentasi
0