14:07 16 Dekabr 2017
Efir
Oʻzbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning arxiv surati

Shavkat Mirziyoyev: Yaqin Sharq yadrosiz hududga aylanishi kerak

© Sputnik/ Sergey Subbotin
Siyosat
Havola olish
440 0 0

"Oʻzbekiston oldida turgan yana bir muhim vazifa yadro qurolidan holi hududlar geografiyasini kengaytirishdan iborat. Mamlakat Yaqin Sharqda yadrosiz hudud gʻoyasini qoʻllab-quvvatlaydi", - deb qayd etdi Shavkat Mirziyoyev Toshkentda boʻlib oʻtayotgan IHT TIVK 43-sessiyasi ochilish marosimida

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Bugun Toshkent shahrida Islom Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi oʻz ishini boshladi.

Yaqin Sharqda yadro qurolidan holi hududni barpo etish Islom Hamkorlik Tashkilotining ustuvor vazifalaridan biri boʻlishi lozim, deb taʼkidladi seshanba kuni Oʻzbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Toshkentda boshlangan IHT TIVK kengashi ochilish marosimida.

""Oʻzbekiston oldida turgan yana bir muhim vazifa yadro qurolidan holi hududlar geografiyasini kengaytirishdan iborat. Mamlakat Yaqin Sharqda yadrosiz hudud gʻoyasini qoʻllab-quvvatlaydi", — deb qayd etdi Shavkat Mirziyoyev Toshkentda boʻlib oʻtayotgan IHT TIVK 43-sessiyasi ochilish marosimida", — deb taʼkidladi Mirziyoyev Toshkentda boʻlib oʻtayotgan IHT TIVK 43-sessiyasi ochilish marosimida.

Mirziyoyev IHT TIVKning yaqin bir yil ichidagi ustuvor vazifalaridan biri ana shunday hududni barpo etish boʻlishini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Oʻzbekistonning raislik davomidagi muhim vazifalari toʻgʻrisida soʻzlar ekan, Shavkat Mirziyoyev IHTga aʼzo davlatlarning intellektual, ilmiy-texnik va texnologik salohiyatini mustahkamlash va taraqqiy ettirish zaruriyatini taʼkidlab oʻtdi.

IHT TIVKning ochilish marosimida, shuningdek, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Kamilov ham nutq soʻzladi.

Abdulaziz Kamilov Oʻzbekiston TIVKning amaldagi raisi sifatida oʻz sheriklari bilan hamkorlikda IHT salohiyatini yanada kengaytirish va hamkorlikning yangi istiqbollarini ochishga munosib hissa qoʻshish hamda Tashkilot  Nizomida belgilangan oliy maqsadlarni amalga oshirishga koʻmaklashishga umid bildirdi.

"Xavfsizlik masalasini hal etishda IHTga aʼzo davlatlarning birdamligini taʼminlash, ular oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish, terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi kurashda ularning kuchlarini birlashtirish muhim rol oʻynaydi", — taʼkidladi u.

Toshkentdagi yigʻilish davomida yuzdan ortiq rezolyutsiyalar, xususan, IHT kun tartibining asosiy masalalari aks etgan Toshkent deklaratsiyasi, tashkilot TIVKda Oʻzbekiston raisligining ustuvorliklarini tasdiqlash rejalashtirilgan.

IHT 1969 yil sentyabrda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda islom birdamligini taʼminlash uchun tashkil etilgan. 2011 yilga qadar u Islom konferentsiyasi tashkiloti nomi bilan atalgan. IHTga 57 mamlakat aʼzo. Oʻzbekiston ushbu tashkilotga 1996 yilda aʼzo boʻlgan. Rossiya 2005 yildan buyon tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.

Asosiy mavzular