16:38 21 Noyabr 2017
Efir
Samarqand viloyatiga kirish

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga yangi hokim tayinladi

Sputnik / Mixail Genis
Siyosat
Havola olish
139251

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Samarqand viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Himmat Oqboʻtayev Samarqand viloyati hokimi etib saylangan

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. 15-dekabr kuni Hukumat portalida Samarqand viloyatining endilikda sobiq hokimi Zoyir Mirzayev bundan buyogʻiga Bosh vazir oʻrinbosari, Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari kompleksining rahbari lavozimida faoliyat yuritishi haqida maʼlumot berilgan edi.

Samarqand viloyati hokimi lavozimiga kim tayinlanishi esa shu kungacha nomaʼlumligicha qolayotgandi.

Oʻzbekiston prezidenti rasmiy saytida berilgan xabarga koʻra, kuni kecha, yaʼni 23 dekabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maʼruza qilgan.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Samarqand viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Himmat Oqboʻtayev Samarqand viloyati hokimi etib saylangan.

Himmat Oqboʻtayev 1962 yil 1 fevralda Samarqand viloyati Urgut tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy.

Mehnat faoliyatini 1979 yilda Urgut tumanida jamoa xoʻjaligi aʼzosi sifatida boshlagan. Harbiy xizmatni oʻtagandan soʻng 1983-1988 yillarda Toshkent davlat universitetida tahsil olgan.

1988-1991 yillarda Urgut tumanidagi jamoa xoʻjaligidahuquqshunos, 1991-1992 yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani prokuraturasi ish oʻrganuvchisi, 1992-1993 yillarda Navoiy tumani prokurori katta yordamchisi, 1993-1994 yillarda Navoiy viloyati prokuraturasi ichki ishlar idoralarida tergov va surishtiruvustidan nazorat boʻlimi katta prokurori, 1994-1996 yillarda Navoiy shahar prokurori oʻrinbosari, 1996-1999 yillarda Navoiy tumani prokurori lavozimida ishlagan.

Kreslo
Sputnik / Mixail Voskresenskiy
1999-2000 yillarda Navoiy viloyati prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlar va korruptsiyagaqarshikurashish boʻlimi katta tergovchisi, 2000-2002 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi prokuratura organlarida tergovninazorat qilish boshqarmasi prokurori, katta prokurori, 2002-2003 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi idoralaridatergov va surishtiruv ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, 2003-2004 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi organlaridaqonunlar ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi, 2004-2006 yillarda Navoiy viloyati prokurori oʻrinbosari vazifalarida ishlagan.

2006-2016 yillarda Samarqand viloyati Urgut tumani hokimi lavozimida mehnat qilgan.

Oqboʻtayev 2016 yil mart oyidan boshlab, 23 dekabrga qadar Samarkand viloyati hokimining maʼmuriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, oʻzini oʻzi boshqarish organlari va yoshlar siyosati boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Teglar:
kadrlar almashuvi, Samarqand hokimi, hokim, Mirziyoyev

Asosiy mavzular