03:07 26 May 2017
Efir
2017 yil otkritkasi

Mirziyoyev, Putin va Nazarboyev Yangi yil murojaatida nimalarni esga olishdi?

Vladimir Astapkovich
Siyosat
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
159277

Turli davlat rahbarlari oʻz xalqini Yangi yil bilan tabriklar ekan bayram nutqida nimalarni esga oldilar va xalqni nimaga daʼvat qildilar?

TOSHKENT. 2 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston hayotiga katta oʻzgarishlarni olib kelgan 2016 yil ham ortda qoldi. 31 dekabr kuni intiqlik bilan kutadigan, qariyb oilaviy anʼanalarimizdan biriga aylangan bir holat — bu albatta, Prezident tabrigidir.

Oʻzbekiston tarixida birinchi marta oʻzbek xalqi bayram tabrigini prezidentning oʻzidan eshitdi

Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tabrigi bizga televideniye orqali oʻqib eshittirilar edi. Oʻzbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻzbek xalqini shaxsan tabriklash anʼanasini kiritdi. Oʻzbekiston xalqi birinchi marta prezident tabrigini diktordan emas, balki davlat rahbarining shaxsan oʻzidan tinglashga muvaffaq boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev 2016-yilda Oʻzbekiston hayotida yaxshi kunlar va shu bilan birga ogʻir sinovlar boʻlganini, ammo oʻzbek xalqi oʻz matonati tufayli qiyinchiliklarni munosib yengib oʻtganini taʼkidladi. "Oʻtayotgan yilni dehqon va fermerlarimiz, ishchi va quruvchilar, oʻqituvchi va shifokorlar, jasur harbiylarimiz, olimlar, ijodkor ziyolilar — barcha kasb egalari yorugʻ yuz bilan yakunladilar", deb eʼtirof etdi u. Va ayniqsa, oʻzbekistonlik sportchilarning Olimpiada va Paralimpiya oʻyinlarida erishgan beqiyos yutuqlari Oʻzbekiston shuhratini butun dunyoga yanada yuksaltirganini qoʻshimcha qildi.

Shuningdek, 2017-yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb nomlangani, buning negizida "Inson manfaatlari hamma narsadan ulugʻ" degan olijanob maqsad yotganini qayd etdi. Hamda yangi — 2017-yilning qadami jonajon Vatanimizga qutlugʻ va barakali kelsin, deya tilak bildirdi.

Putin oʻz xalqini "bir oz sehrgar boʻlishga" chorladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham 2016-yil murakkab kelganini, ammo qiyinchiliklar butun mamlakatni yanada jipslashtirgani va ulkan "imkoniyatlar zaxirasini kashf qilishga" undaganini qayd etdi. "Asosiysi — biz oʻzimizga, oʻz kuchimizga, oʻz davlatimizga ishonamiz. Biz ishlayapmiz, ishlarimiz muvaffaqiyatli kechayapti va koʻp narsaning uddasidan chiqayapmiz", — dedi Putin.

Rossiya prezidenti shuningdek, Vatan oldidagi burchini ado etayotgan va shu sababli yangi yilni qadrdon uyidan yiroqlarda kutayotgan rossiyaliklarni esladi va ularga eng ezgu tilaklarni bildirib oʻtdi.

Prezident RF V. Putin vыstupil na torjestvennom priyome v Kremle
© Sputnik/ Mixail Klimentyev
Prezident RF V. Putin vыstupil na torjestvennom priyome v Kremle

Vladimir Putin Rossiya fuqarolarini Yangi yil oqshomida "bir oz sehrgar" boʻlishga chorladi. "Buning uchun ota-onaga mehr-muruvvatli boʻlish, farzandlaringizni yaxshi koʻrish, oilangizni, hamkasblarini hurmat qilish, doʻstlikni asrash, haqiqat va adolatni himoya qilish hamda qoʻllab-quvvatlashga muhtojlarga yordam berish va mehribon boʻlish lozim, xolos", dedi Putin.

Donald Tramp eng avvalo oʻz dushmanlariga tabrik yoʻlladi

AQShning yangi saylangan prezidenti oʻzining Tvitterdagi sahifasida Yangi yil tabriknomasini eʼlon qildi.Happy New Year to all, including to my many enemies and those who have fought me and lost so badly they just don't know what to do. Love!

​​"Barchani Yangi yil bilan! Shu jumladan, mening koʻpsonli dushmanlarimni ham! Hamda men bilan kurashgan va magʻlub boʻlgan, endi esa nima qilarini bilmay oʻtirgan gʻanimlarimni tabriklayman!, — deb yozgan Tramp.

Poroshenko oʻz bayram nutqida Rossiya, urush va AQSH sanktsiyalari haqida gapirdi

"Aziz vatandoshlar! Ukraina okkupatsiyasi — bu vaqtinchalik. Biz albatta, qayta birlashamiz. Ukraina yagona. Ukrainaga shon-sharaflar ", — deb bayonot qilgan Petr Poroshenko Donbassda harbiylarga yangi yil nutqi bilan murojaat qilib.

Prezident Ukrainы Pyotr Poroshenko
© Sputnik/ Stringer
Prezident Ukrainы Pyotr Poroshenko

Poroshenkoning nutqini tinglovchilar hayqiriqlar va gulduros qarsaklar bilan kutib olganlar.

Eng qizigʻi, Ukraina prezidenti harbiylarni tabriklar ekan, Rossiya, urush va AQSH sanktsiyalarini koʻproq tilga olgan va gapidan koʻrinib turibdiki, xalqqa sogʻliq va baxt tilash oʻrniga ukrainaliklarni urushga chorlagan.

Qozogʻiston prezidenti 2017 yil mamlakatda yirik xalqaro tadbilar boʻlib oʻtishini eʼlon qildi

"Ostona "EKSPO" koʻrgazmasida butun koinotdan mehmonlarni qabul qiladi, bundan tashqari BMT Xavfsizlik kengashidagi doimiy boʻlmagan aʼzolik vazifalarini bajara boshlashini maʼlum qildi.

Prezident Kazaxstan Nursultan Nazarbayev
© Sputnik/ Mikhail Voskresenskiy
Prezident Kazaxstan Nursultan Nazarbayev

"Bu tuzilma global tinchlik va xavfsizlik uchun javob beradi — bularning barchasi Qozogʻiston va har birimiz uchun muhimdir" — deya taʼkidladi Nazarboyev oʻz bayram nutqida.

Olland millatchilik xavfi bosh koʻtarayotganini taʼkidladi

Frantsiya prezidenti Fransua Olland oʻzining yangi yil oldidagi murojaatida mamlakatda millatchilik xavfi bosh koʻtarayotgani haqida bayonot qildi. Aytish joizki, joriy yilda Ollandning prezidentlik vakolati oʻz nihoyasiga yetadi, shu bois u soʻnggi bor Frantsiya xalqini Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

(0:57 / 6.04Mb / prosmotrov video: 96)
© Ruptly.
Gnusnыe i podlыe – prezident Frantsii Fransua Olland o teraktax v Bryussele

Tarixda shunday davrlar boʻladiki, hammasi fojeaviy tarzda oʻzgarib ketishi mumkin. Hozir biz ana shunday davrlarning biridamiz", — deya taʼkidladi Olland.

Teglar:
Nazarboyev, Olland, Poroshenko, 2017 yil, yangi yil, Mirziyoyev, Putin

Asosiy mavzular