18:12 23 Oktyabr 2017
Efir
D.Trapm i M.Pens vstretilis s izbiratelyami v shtate Pensilvaniya

Tramp birinchi matbuot anjumani: nopok jurnalistlar, Putin va Meksika devori haqida

© Sputnik/ Keytlin Ouks
Siyosat
Havola olish
86042

AQSH yangi prezidenti oʻzining birinchi matbuot-anjumanida Rossiya xakerlar hujumi haqidagi mashmashalarga nuqta qoʻydi, nopok jurnalistlarni tuzladi hamda Meksika orasida devor qurilishi tez kunda boshlanishini aytdi.

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. AQSH yangi prezidenti Donald Trampning birinchi katta matbuot anjumanini boʻlib oʻtdi. Unda Tramp vijdonsiz jurnalistlar va OAVlar haqida, Rossiyalik xakerlar hujumi, Putin bilan munosabatlar hamda Amerikani kim boshqarishini aytib oʻtdi.

Nopok jurnalistlarga javob

Anjumanida Tramp toʻplangan jurnalistlar va New York Times kabi nashr vakillariga paydo boʻlgan yolgʻondakam xabarlarni tarqatmaganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shu bilan bir vaqtda Buzfeed va CNN kabi boshqa OAVlar vakillarini yolgʻon va tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatgani tufayli ularni “yolgʻon maʼlumotlar axlatxonasi” deb atadi va yaqin orada oʻz qilmishlari uchun moliyaviy zarar koʻrishi muqarrar ekanliklarini aytdi. Tramp anjuman davomida ushbu OAV vakillariga savol berishga ruxsat bermadi.

Dastlabki savollar Rossiyaning “shaxsan Putin topshirigʻiga koʻra” AQSH prezident saylovlariga aralashgani va Putinning Tramp nomzodiga xayrixoxligi haqida boʻldi.  

“AQSH Razvedka xizmatidan ushbu maxfiy maʼlumotlar OAV sahifalariga tushib qolishining oʻzi katta sharmandalik. Tekshirib koʻrilganda esa bular gʻirt yolgʻon boʻlib chiqdi. Ularni bari — bizning raqiblar, bir guruh kasal odamlar tomonidan oʻylab topilgan uydirma”, — deb javob berdi Tramp.   

Tramp, vijdonsiz va nopok jurnalistlar tarqatgan yolgʻon xabarlar odamni “sindirib” qoʻyishi mumkinligini va u bir necha bor shunday voqealar guvohi boʻlganini aytib oʻtdi.

“Lekin mening bunday jurnalistlarga qarshi qurolim bor, u — mana shu minbar. Ular tarqatgan har qanday yolgʻon men darhol puchga chiqaraman va ularning oʻzlarini javob berishga majbur qilaman”, — dedi Tramp.    

Putin xayrixoxligi haqida

Putinning xayrixoxligi borasida Tramp – axir bu juda yaxshiku, demak men AQSH va Rossiya munosabatlarini ishonch  va hamkorlik darajasiga koʻtara olaman, birgalikda terrorchilikka qarshi kurashamiz, dedi.

Shu bilan birga u, kerak boʻlganda, Rossiyaga nisbatan Xillari Klintondan ham qattiqqoʻl boʻlshi mumkinligini aytdi.

Rossiya tomonidan uyushtirilgan kiberhujumlar haqida, Tramp ular unchalik vahimali hujum boʻlmaganini aytdi.

“Kiberhujum masalasiga kelsak, men rostdan ham bunga Rossiyaning aloqasi bor deb hisoblayman. Lekin bizning mamlakatga bundan boshqa ham koʻplab hujumlar boʻlgan. Xitoy tomonidan 22 million kishining maʼlumotlari oʻgʻirlanishi oldida bu kiberhujum — oʻyinchoq”, — dedi Tramp.

Shuningdek, Tramp ushbu hujumlarning foydali tomoni boʻlganini ham aytib oʻtdi. Masalan, uning raqibi Xillari Klinton teledebatlar oldidan barcha savollardan xabardor boʻlganligi ham hammaga maʼlum boʻlgan.

Yangi prezident kabineti haqida

Tramp davlatning rasmiy va oʻta muhim lavozimlariga, sobiq Ekson Mobil bosh direktori Reks Tillerson kabi, ishbilarmonlarni tayinlaganiga ham izoh berdi.

“Ularning bari muvaffaqiyatli biznesmenlar, chunki ularning oʻzi oʻta aqlli. Men zamonimizning eng aqlli kishilarni oʻz jamoamga toʻplayapman” – dedi Tramp.   

Amerika iqtisodini oʻsishini taʼminlash haqida

Bu borada Tramp amerika hududida joylashgan zavodlarni yopib boshqa mamlakatga koʻchirishdan voz kechgan, va amerikada yangi zavodlar qurishga qaror qilgan va shu bilan koʻplab ish oʻrinlari yaratgan Kraysler-Fiat kontsernlariga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Jeneral Motors ham oʻlardan oʻrnak olishiga umid bildirdi.

Amerikada zavodlarini Meksikaga koʻchirayotgan korxonalarni esa, Tramp jiddiy ravishda ogohlantirdi.

“Men bunday mahsulotlar uchun ulkan boj soliqlari kiritaman. Ular amerikaliklarni ishidan mahrum qilgani uchun javob berishadi”, — dedi Tramp.

Shundan keyin Tramp saylov kampaniyasi vaqtida vaʼda bergan AQSH va Meksika chegarasida devor ham albatta qoʻrilishini esga oldi.

“Devor qurilishi prezident boʻlgan zamonim — darhol boshlanadi va oldin aytganimdek, uning xarajatlarini Meksika qoplaydi. Bevosita va darhol ravishda boʻlmasada, keyinchalik ushbu xarajatlarni biror yoʻl bilan baribir Meksikadan undirib olamiz”, — dedi Tramp.

Shaxsiy biznesi haqida

Jurnalistlar tomonidan koʻtarilgan yana bir muhim masala bu Trampning shaxsiy biznesi boʻldi. Bu borada Trampning yordamchisi aniq va batafsil hisobot oʻqib berdi.

Prezidentilik lavozimi talab qiladigan javobgarlik va biznes manfaatlarining bir-biriga zid kelishi mumkinligi tufayli, Tramp prezidentlik davrida barcha biznes faoliyatidan voz kechishini, tadbirkorlikka oid birorta ham shartnoma imzolamasligini aniq va ravshan tushuntirib berdi.

Misol tariqasida, Tramp yaqinda BAAlik biznesmendan qiymati 2 mlrd boʻlgan shartnoma imzolash taklifi olganini, lekin yangi prezident lavozimi tufayli undan voz kechganini aytib oʻtdi.

Tramp unga tegishli boʻlgan barcha korxonalarini ikki guruhga toʻplab ikkala oʻgʻli boshqaruviga topshirishini va faqat 8 yil oʻtib, prezidentlik vakolati tugaganidan keyin kompaniyaga qaytib ularning ishiga baho berishini aytdi.

“O-sizlar yaxshi muvaffaqiyatli ishlabsizlar, yashavoringlar! – deyman, yoki “kompaniyani bankrot qilibsanlarku, ikkalang ham ishdan haydalding! deyman”, — deb soʻzini yakunladi amerika prezidenti Donald Tramp.

Soʻzining oxirida Tramp, u prezident boʻlganidan keyin Xitoy, Rossiya, Shimoliy Koreya va Yaponiya AQShni boshqa prezidentlar davrida boʻlganidan koʻra koʻproq hurmat qilishini vaʼda berdi.

Asosiy mavzular