Moldova prezidenti: Bizga MDH bilan hamkorlik qilish samarali

© Sputnik / Grigoriy SisoyevMoldova prezidenti Igor Dodon Dmitriyu Kiselevu bilan suhbatda
Moldova prezidenti Igor Dodon Dmitriyu Kiselevu bilan suhbatda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moldova Respublikasi prezidenti Igor Dodon "Rossiya Segodnya" xalqaro axborot agentligi direktori Dmitriy Kiselev savollariga javob berdi.

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Dmitriy Kiselev bilan bo‘lgan intervyuda Igor Dodon MDH mamlakatlari bilan hamkorlik qilish Moldova uchun samarali bo‘lishini aytdi.

Moldova prezident saylovi g‘olibi Igor Dodon - Sputnik O‘zbekiston
Moldovada Rossiya tarafdori Igor Dodon prezident bo‘ladi

Dodon aytishiga qaraganda, MDH mamalkatlari va Rossiya bilan yaqin hamkorlik munosabatlari o‘rnatish uchun Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya haqida tuzilgan shartnomani bekor qilish kerak bo‘ladi. Buning uchun esa Moldova parlamentida ko‘pchillik deputatlar ovoz berish kerak.

Shu bilan bir vaqtda, Molodova prezidenti ish yo‘qligi va qiyin iqtisodiy ahvol tufayli Moldovadan ko‘plab aholi chiqib ketayotgani va ishsizlar soni ko‘payib ketayotganini xabar qildi.

"Har kuni Moldovadan rasman 109 kishi chiqib ketmoqda. Bugungi kunda nafaqaxo‘rlar soni 700 ming kishini, ishlayotganlar soni esa — 650 ming kishini tashkil qilmoqda", — dedi Dodon.

Molodova prezidenti aytishiga qaraganda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish haqida shartnoma imzolanganidan keyin Moldovaning nafaqat Rossiyaga bozoriga eksporti, balkim Yevropa bozoriga ham eksporti oldingidan kamayib ketgan.

Molodva prezidenti nomzodi Igor Dodon - Sputnik O‘zbekiston
Moldova prezident saylovida Igor Dodon yetakchilik qilmoqda

Bugungi kunda Dodon, mamlakatda tezkorlik bilan ishchi o‘rinlari tashkil qilishish, Rossiya va MDH bozoriga Molodova mahsulotlarini qaytarish va chet el investorlarini chorlashni birinchi o‘rinda turgan vazifalar deb biladi.

Igor Dodon Rossiyaga uch kunlik rasmiy tashrif bilan kelgan. U 18-yanvar kuni Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Dodon shuningdek Moskvadagi shaxmat muzeyiga tashrif buyurishni va Rossiyada ishlayotgan moldovalik migrantlar bilan uchrashuv rejalashtirgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra ushbu uchrashuvga mingdan ortiq kishi kelishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya hududida rasman ishlayotgan Moldova fuqarolari soni 500 ming kishini tashkil qiladi.  Ular har yil o‘z yurtiga 1 milliard dollardan ko‘p mablag‘ jo‘natmoqda. Bu mamlakat budjetining yarmini tashkil qiladi. Bu mablag‘ — mamlkatga kiritilgan investitsiyalardan 4-5 barvar ko‘p.

Polnoe intervyu prezidenta Moldovi Igorya Dodona Dmitriyu Kiselevu
Yangiliklar lentasi
0