Rossiya va O‘zbekiston siyosiy maslahatlashuvi bo‘lib o‘tdi

© FacebookO‘zbekiston TIV binosi
O‘zbekiston TIV binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017-yilning 19-yanvar kuni Moskva shahrida O‘zbekiston-Rossiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston siyosiy maslahatlashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Neftni qayta ishlash majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga bojsiz neft yetkazib berolmasligini bildirdi
Muzokaralarda Rossiya tomonidan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vasiliy Nebenzya boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan.

Muloqot davomida MDH doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari hamda O‘zbekiston-Rossiya kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

Maslahatlashuvlarda Toshkent shahrida MDH tashqi ishlar vazirlari kengashining bo‘lajak majlisiga va ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi boshqa tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayoniga alohida e’tibor qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0