23:54 24 Iyun 2017
Efir
Chegarachilar xizmatda

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegara masalasini muhokama qildi

Pogranslujba KNB Kazaxstana
Siyosat
Havola olish
59442

2017-yilning 1-fevral kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida Qirgʻiziston respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Daniyar Sidiqov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Oʻzbekiston TIVda Qirgʻiziston Elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qilgan Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

"2017-yilning 1-fevral kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida Qirgʻiziston respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Daniyar Sidiqov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlari faoliyatining amaliy jihatlari ikki davlat rahbarlarining tegishli topshiriqlarini amalga oshirish nuqtai nazaridan muhokama qilindi.

Uchrashuvda turli darajalarda boʻlajak Oʻzbekiston-Qirgʻiziston uchrashuvlari bilan bogʻliq boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi", — deyilgan xabarda.

Teglar:
chegara, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular