03:50 21 Yanvar 2018
Efir
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, arxiv surat

Mirziyoyev Bosh prokuraturaga dorilar narxini nazorat qilishni buyurdi

© IA "Jaxon"
Siyosat
Havola olish
91371

Shavkat Mirziyoyev dori-darmon vositalari noqonuniy ravishda baland narxda sotilishiga yoʻl qoʻymaslik, xalq manfaatlarini taʼminlash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi departamentda "Ishonch telefonlari" tashkil etish boʻyicha koʻrsatma berdi

TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil boshida kuni sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislari bilan uchrashib, ushbu tizimni takomillashtirish, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

Kuni kecha Mirziyoyev raisligida yanvar oyi boshida oʻtkazilgan majlisda belgilangan vazifalar ijrosi, sogʻliqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

"Xalqimiz salomatligi, ayniqsa, yosh avlod kelajagiga daxldor bu soha mening doimiy eʼtiborimda boʻladi", — deya alohida taʼkidladi Mirziyoyev.

Prezidentga koʻra, tibbiyot xodimlari uyma-uy yurib, kasalliklarni profilaktika qilishi, sohadagi oʻzgarishlarni odamlar sezishi kerak. Buning uchun shifokorlarning madaniyatini, maʼnaviyatini, masʼuliyatini oshirish, ishga va bemorlarga munosabatini oʻzgartirish zarur.

Shuningdek, qishloq vrachlik punktlari joylashuvini qayta koʻrib chiqish, samarasiz ishlayotgan punktlarni optimallashtirish, maqsadga muvofiqlarini poliklinikalarga aylantirish, malakali shifokorlarni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish zarurligi taʼkidlandi. Qishloq vrachlik punktlari tunu kun ishlashi, vrach u yerda yashashi uchun zarur sharoitlar yaratish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Mirziyoyevning 2016-yil 31-oktyabrda qabul qilingan "Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq dori vositalarining narxi ancha arzonlashgani aytib oʻtildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departament, tegishli vazirlik va hokimliklar vakillari ishtirokida dori-darmon vositalarining belgilangan narxlarda sotilishi nazorat qilib borilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev dori-darmon vositalari noqonuniy ravishda baland narxda sotilishiga yoʻl qoʻymaslik, xalq manfaatlarini taʼminlash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi departamentda "Ishonch telefonlari" tashkil etish boʻyicha koʻrsatma berdi.

"Bu telefon raqamlari har bir dorixonaga osib qoʻyiladi, televideniye orqali koʻrsatiladi", — dedi Mirziyoyev.

Teglar:
xalq manfaatlari, Bosh prokuratura, dorilar narxi, Mirziyoyev

Asosiy mavzular