07:33 28 Mart 2017
Efir
Pamyatnik Petru I na Senatskoy ploщadi

Sankt-Peterburgda Oʻzbekiston konsulligi ochilishi mumkin

© Sputnik/ N. Raxmanov
Siyosat
Havola olish
34231

Sankt-Peterburgdagi "Ekspoforum" koʻrgazmalar markazida 14-16 mart kunlari Peterburg Partneriati (hamkorlar uchrashuvi) boʻlib oʻtmoqda.

TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Rossiya "shimoliy poytaxti" gubernatori Georgiy Poltavchenko Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyev bilan uchrashdi, nuz.uz xabari asosida.

Poltavchenko aytishiga qaraganda 2016 yilda Oʻzbekiston bilan hamkorlik 2015 yilga qaraganda 35 % ga oshib, mahsulot almashuv qiymati  124,7 mln $ ni tashkil qilgan.

"Biz hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini taklif qilishimiz mumkin: xom-ashyo sohasiga asbob-uskunalar yetkizib berish, suv bilan taʼminlash uchun kerak boʻladigan mahsulotlar, farmatsevtika mahsulotlari va boshqalar", — dedi Poltavchenko.

Gubernator aytishiga qaraganda, Sankt-Peterburg oʻz navbatida Oʻzbekistondan meva-sabzavotlar, yengil sanoat uchun xom ashyo va tayyor mahsulotlar olib kelishdan manfaatdor.

Shuningdek Sankt-Peterburg gubernatori mehnat migrantlarini iqtisodning turli sohalariga jalb qilishimkoniyati borligini ham qayd etdi.

"Mutaxassilikka ega boʻlgan migrantlarni shaharning muayyan korxonalariga ishga jalb qilish masalasini oʻta muhim. Bizning bu borada tajribamiz ham bor", — dedi gubernator.

Gubernator Sankt-Peterburga Georgiy Poltavchenko i xokim Tashkentskoy oblasti Shukurullo Babayev
Georgiy Poltavchenko va Shukrullo Boboyev uchrashuvi
Uchrashuvda shuningdek, Sankt-Peterburgda Oʻzbekiston Bosh konsulligi ochish masalasi ham koʻrib chiqildi. Ushbu muassasa kelajakda butun Shimoliy-Gʻarbiy okrugga xizmat qilishi mumkin.

"Biz bu gʻoyani toʻla quvvatlab, konsullik uchun mos keladigan bino topib yerishga ham tayyormiz", — dedi Georgiy Poltavchenko.

Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyev aytishiga qaraganda, ayni damda viloyat qishloq xoʻjalik mahsuloti eksportini rivojlantirish va mahsulotni boshqa hududlarga yetkizib berish uchun logistika markazlari qurishga urgʻu bermoqda. Uning soʻzlariga qaraganda aynan ushbu masala Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlari uchrashuvida muhokama qilinadigan asosiy masalalardan biriga aylanadi.

Asosiy mavzular