07:35 28 Mart 2017
Efir
Vladimir Putin. Arxiv surat

Putin: Rossiya va Oʻzbekiston munosabatlari strategik hamkorlik darajasida

© Ruptly.
Siyosat
Havola olish
54460

Putin birgalikda qilingan saʼy-harakatlar Rossiya va Oʻzbekistonning doʻstona xalqlari manfaatlari yoʻlida hamda Oʻrta Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadlariga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni ikki mamlakat orasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 25 yilligi munosabati bilan tabrikladi.

“Hurmatli Shavkat Miromonovich, mamlakatlarimiz orasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 25 yilligi munosabati bilan chin yurakdan tabrikimizni qabul qiling. Oxirgi yillarda Rossiya-Oʻzbekiston munosabatlari strategik hamkorlik darajasiga koʻtarildi. Mazmunli siyosiy suhbatimiz, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorligimiz izchil rivojlanib bormoqda. Bizning mamlakatlar hududiy va xalqaro kun tartibida turgan muhim masalalarni hal qilishda samarali hamkorlik qilmoqda”, — deyilgan tabrik xatida.

Rossiya prezidenti, shuningdek, birgalikda qilingan saʼy-harakatlar Rossiya va Oʻzbekistonning doʻstona xalqlari manfaatlari yoʻlida hamda Oʻrta Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadlariga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Vladimir Putin Mirziyoyevga mustahkam sogʻliq va muvaffaqiyat, Oʻzbekiston aholisiga esa – baxt va ravnaq tiladi.

Asosiy mavzular