Pranab Mukerji Mirziyoyevga tabrik maktubini yo‘lladi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishPranab Mukerji Hindiston prezidenti
Pranab Mukerji Hindiston prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindiston prezidenti O‘zbekiston Respublikasi hukumati va xalqiga ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan o‘zining samimiy tabriklarini yo‘lladi

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan Hindiston Prezidenti Pranab Mukerji O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Abdulaziz Kamilov va Hindiston TIV rahbari Mubashir Djaved Akbar uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Hindiston Prezidenti qutlovida bunday deyiladi: "Siz Janobi Oliylariga, O‘zbekiston Respublikasi hukumati va xalqiga mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan o‘zimning samimiy tabriklarimni yo‘llashdan g‘oyat mamnunman.

Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasida ko‘p asrlik do‘stlik va hamkorlik rishtalari mavjud. Hamkorligimiz ikki tomonlama asosda, shuningdek, butun dunyoda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, xalqlarimiz taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida xalqaro forumlar doirasida izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlayman. O‘tgan 25-yil davomida biz yanada yaqinlashdik va strategik sheriklik munosabatlarimiz o‘zaro manfaatli barcha sohalarda mustahkamlandi".

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z qutlovida dunyodagi dolzarb masalalar yuzasidan ikki mamlakatning siyosati va pozitsiyasi yaqinligini, BMT va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, bir-birini o‘zaro qo‘llab-quvvatlash amaliyotini davom ettirish O‘zbekiston bilan Hindiston manfaatlariga mos kelishini ta’kidlagan.

O‘zbekiston prezidenti "O‘zbekiston barcha yo‘nalishlar, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni yanada kengaytirish, buning uchun mavjud ulkan salohiyatdan to‘liq foydalanishga tayyor" ekanini qayd etgan.

Mirziyoyev ikki mamlakat birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan teng huquqli va uzoq muddatli hamkorlikni O‘zbekiston va Hindiston xalqlari manfaatlari yo‘lida sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 23-mart kuni Dehli sharida O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirokida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0