20:22 22 May 2017
Efir
Imzo, arxiv surat

Mirziyoyev Buxoro viloyati IIBB boshligʻini ishdan oldi

© Flickr/
Siyosat
Havola olish
69010

Jahon maʼnaviy tamadduni beshiklaridan biri sifatida eʼtibor qozongan Buxoro viloyatida 2016 yilda qotillik, zoʻravonlik, talonchilik turdagi jinoyatlarning 11tasi ochilmay qolgan. Oʻgʻirlik jinoyatlarining esa 10% fosh etilmagan

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. 18 mart kuni xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Buxoro viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Viloyat hokimi Oʻktam Barnoyev boshqaruvida oʻtgan sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A. Azizov soʻzga chiqqan.

Yigʻilishda hududda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jinoyatchilikning oldini olish borasida yutuqlar barobarida yechimini kutayotgan, hal boʻlishi lozim boʻlgan vazifalar ham koʻpligi taʼkidlangan. Xususan, soʻnggi yillarda jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari oshayotgani qayd etilgan.

Jahon maʼnaviy tamadduni beshiklaridan biri sifatida eʼtibor qozongan Buxoro viloyatida 2016 yilda qotillik, zoʻravonlik, talonchilik turdagi jinoyatlarning 11tasi ochilmay qolgan. Oʻgʻirlik jinoyatlarining esa 10% fosh etilmagan.

Shuningdek viloyatda firibgarlik, voyaga yetmaganlar va ayollar jinoyatchiligi sonining oshayotganligi, qidiruvdagi shaxslar va bedarak yoʻqolganlarni izlab topishdagi koʻrsatkichlarning pastligi, diniy ekstremistik oqimlarga moyil shaxslar bilan ishlash borasidagi muammolar tahliliga ham eʼtibor qaratilgan.

Oʻzbekiston IIV rahbari oʻz soʻzida ichki ishlar tizimi xodimlarining asosiy vazifasi faqatgina sodir etilgan jinoyatlarni ochish, jinoyatchilarni ushlash emas, balki aholi oʻrtasiga chuqur kirib borgan holda jinoyat sabablarini oʻrganish, ularning oldini olish ekanligini, prezidentimiz tomonidan har haftaning payshanba kuni Profilaktika kuni sifatida eʼlon qilinishi zamirida ham ana shu maqsad ilgari surilganligini taʼkidlagan.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrilgan. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi SH.Oʻrinov lavozimidan ozod etilib, ushbu vazifaga Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgan podpolkovnik Aliyev Shuhrat Hasanovich tayinlangan.

Deputatlar Oʻzbekiston Respublikai prezidentining ushbu qarorini bir ovozdan tasdiqlashgan.

Yigʻilishda viloyat prokurori lavozimiga tayinlangan Valiyev Bahriddin Bahodirovich hudud faollariga tanishtirilgan.

Asosiy mavzular