Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni Moskvaga rasmiy safar uyushtiradi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPutinning O‘zbekistonga tashrifi
Putinning O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida savdo-iqtisodiy hamkorlik, harbiy-texnikaviy aloqalar, shuningdek, madaniyat va turizm sohasidagi munosabatlar muhokama qilinishi kutilmoqda

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni davlat tashrifi bilan Moskvada bo‘ladi, deb xabar qilmoqda "Kommersant’" nashri.

Qo‘l berish - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya oldida yangi istiqbollar eshigi ochilmoqda
Nashrning yozishicha, bu xabarni Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi matbuot-xizmati tasdiqlagan.

Bu Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti lavozimida Rossiyaga uyushtiradigan birinchi safari bo‘ladi.

Mirziyoyev Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi hamda A.S.Pushkin nomidagi muzeyda "Nukus xazinasi. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyi to‘plamlaridan namunalar" ko‘rgazmasi ochilishida qatnashishi ko‘zda tutilgani aytilgan.

Tashrif davomida savdo-iqtisodiy hamkorlik, harbiy-texnikaviy aloqalar, shuningdek, madaniyat va turizm sohasidagi munosabatlar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0