03:27 15 Dekabr 2017
Efir
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Mirziyoyev Samarqandda: prezident xalq bilan muloqot qiladi

AP Photo / Anvar Ilyasov
Siyosat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi (8)
78320

Samarqandga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va istiqbolli loyihalar bilan tanishishi koʻzda tutilgan

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi grezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 14-aprel kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Samarqand viloyati rivojlangan sanoati va qishloq xoʻjaligi, tabiiy boyliklari, ulkan sayyohlik salohiyati bilan mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida muhim oʻrin tutadi.

Jahondagi eng yuksak standartlar asosida jihozlangan Samarqand avtomobil zavodi, "JV Man Auto Uzbekistan" qoʻshma korxonasida oʻnlab turdagi mashinalar ishlab chiqarilmoqda. "British-Amerikan tobakko", "Sam Antep Gilam", "UrgGazKarpet", "Amin Invest", "Daka Teks", "Agromir Samarqand" qoʻshma korxonalari, "Sino", "Samarqandkimyo" aktsiyadorlik jamiyatlari, “Sharq sanoati” xususiy kontserni tsingari yirik ishlab chiqarish quvvatlari viloyatning iqtisodiy rivojiga muhim hissa qoʻshmoqda.

2016-yilda yana 19 qoʻshma korxona tashkil etilgan va viloyat boʻyicha ularning soni 263 taga yetgan. Viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 milliard 195 million dollarni tashkil etgan. Eksport hajmi 2015-yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshgan.

Bu koʻrsatkichlar Samarqandning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida ham namoyon boʻlmoqda. 2016-yilda yalpi hududiy mahsulot 8,7 % oʻsgani shundan dalolat beradi.

Azaldan hunarmandlik va ishbilarmonlik fazilatlari bilan dong taratgan samarqandliklar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ham muhim natijalarga erishib kelmoqda. Ayni paytda viloyatda mazkur sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 78 %dan oshgani va mehnat bilan band aholining 84 %dan ziyodi shu sohada faoliyat koʻrsatayotgani eʼtiborga loyiq.

Viloyatda qishloq xoʻjaligi sohasini isloh qilish va modernizatsiyalash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 2016-yilda 2838 koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari, 9079 gektar maydonda intensiv bogʻ va 1000 gektar yerda tokzor tashkil etilgan. Ushbu sohada 11 ming 349 ish oʻrni yaratilgan.

Bugungi kunda sabzavotning 33 foizi, mevaning 38 foizi, sutning 34 foizi, goʻshtning 27 foizi viloyatdagi mahalliy korxonalarda qayta ishlanmoqda. Bunday oʻsish surʼatlari odamlarning turmush sharoitida, viloyatdagi shahar va qishloqlar qiyofasida namoyon boʻlmoqda.

Turizm Samarqand viloyati iqtisodiyotining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Viloyatda turistik resurslardan oqilona foydalanish, koʻrsatilayotgan xizmat turlarini koʻpaytirish va sifatini zamon talablariga moslashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar tufayli bugungi kunda Samarqandda yuzdan ortiq mehmonxona va 80 dan ortiq sayyohlik firmasi faoliyat koʻrsatmoqda.

Yildan-yilga ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamon talablari darajasida yuqori sifatli xizmat koʻrsatish imkoniyatlari kengaymoqda.

Sayyohlikning ekologik, sogʻlomlashtirish, agro va faol turlarini rivojlantirish, ichki turizmni qoʻllab-quvvatlash maqsadida viloyat tumanlarida yangi sayyohlik yoʻnalishlari ochilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev oʻzining saylovoldi dasturida bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, viloyatni har tomonlama rivojlantirish, aholi manfaatlarini taʼminlash boʻyicha ulkan reja va maqsadlarni bayon etgan edi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi (8)

Asosiy mavzular