12:25 20 Yanvar 2018
Efir
Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov

Kamilov Oʻzbekiston tashqi siyosatidagi yangi jihatlar haqida gapirdi

AFP PHOTO
Siyosat
Havola olish
32410

Bugun, 14-aprel kuni Xalqaro Press Klub (XPK) majlisi doirasida Oʻzbekistondagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar bilan birga olib borilayotgan tashqi siyosatidagi yangi jihatlar muhokama qilindi

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Joriy yil 7-aprel kuni taʼsis etilgan XPKning birinchi tadbiri hisoblanadi. Yigʻilishda Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vaziri Abdulaziz Komilov spiker sifatida ishtirok etdilar.

Shuningdek, majlisda XPK jamoatchilik kengashi, diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar, mahalliy va Oʻzbekistonda akkreditatsiyaga ega xalqaro OAV vakillari qatnashdilar.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida oʻtkazildi: ishtirokchilar Oʻzbekiston tashqi siyosatining dolzarb masalalari haqida oʻz savollarini berish imkoniga ega boʻldilar.

Tadbir davomida Oʻzbekistonning hozirgi bosqichdagi tashqi siyosati yangi yoʻnalishlari, Respublikaning tashqi ishlaridagi asosiy tamoyillar, qoʻshni davlatlar hamda strategik sherik mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlarni taʼminlash, Oʻzbekistonning dengizga chiqish yoʻllarini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash, xalqaro savdodagi ishtirokni rivojlantirish, xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish mavzulari diqqat markazida boʻldi.

Oʻzbekiston TIV rahbari Oʻzbekistonning yangi davrdagi tashqi siyosati haqida gapirar ekan:"Men Suriyada Amerika tomonidan Shayrat aviabazasiga zarba berilganini izohlamayman. Chunki biz bu jarayonning ishtirokchisi emasmiz. Tinchlik tarafdorimiz. Tomonlar kelishib olgani yaxshi", deb aytgan.

Tadbir davomida 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yoʻnalishi, jumladan, Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini oshirish boʻyicha faol muhokamalar boʻlib oʻtgan.

Xalqaro press klub nodavlat notijorat tashkilot sifatida Oʻzbekiston Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olindi. XPK taʼsischilari Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, "Jahon" va Uzbekistan Today axborot agentliklari, UzReport va Zo'r TV telekanallari, "Xalq soʻzi", "Narodnoye slovo" va "Biznes-vestnik Vostoka" gazetalari, shuningdek "Gazeta.uz" va "Daryo" internet-nashrlari hisoblanadi.

Senatorlar, deputatlar, olimlar, davlat tashkilotlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda jurnalistlar tashkilotning jamoatchilik kengashi vakillari qatoridan oʻrin olganlar. Sherzod Qudratxoʻjayev XPK raisi etib saylangan.

Xalqaro press klubning asosiy maqsadi — axborot muhitining rivojlanishi boʻyicha faoliyatni kuchaytirish, keng xalqaro jamiyatga yurtimizdagi boʻlib oʻtayotgan ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy oʻzgarish va islohotlar haqida xolis axborotlarni yetkazish. XPK ijtimoiy muloqot, voqea va islohotlar haqida tezkor, xolisona va sifatli axborotni yoritish rivoji uchun interfaol muhit boʻlib xizmat qiladi. Ushbu majlis "Harakatlar strategiyasi" Markazi bilan birgalikda tashkil etildi.

Asosiy mavzular