01:06 19 Avgust 2017
Efir
Boʻsh kreslo

Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani hokimini lavozimdan oldi

Sputnik / Mixail Voskresenskiy
Siyosat
Havola olish
329 0 0

12 aprel kuni Oʻzbekiston rahbari Chilonzor tumaniga tashrif buyurgan edi. Prezident tashrifidan soʻng Chilonzor tumani hokimi lavozimdan ketgan. Hozircha ushbu lavozimga hech kim tayinlanmagan

TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12 aprel kungi tashrifi davomida Chilonzor tumani hokimi Mirhidoyatov Tohir Sharopovich ishdan olingan. U bilan birga tuman prokurori, tuman davlat soliq inspektsiyasi rahbari hamda tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimini tark etgan.

Chilonzor tumani hokimiyati binosida boʻlib oʻtgan majlisda Mirhidoyatov boshchiligidagi rahbarlar tumandagi infratuzilmaning qoniqarsizligi, yoʻllarning holati uchun prezident tomonidan keskin tanqid qilingan. Prezident Chilonzor tumani aholisidan juda koʻplab shikoyatlar tushgani haqida eslatib oʻtgan.

Hozircha tumanga yangi hokim tayinlanmadi.

Tuman IIB boshligʻi, polkovnik Abdumajid Shermuhamedov oʻrniga esa podpolkovnik Shavkat Tohirovich Mavlonov tayinlangan. Tumanning yangi prokurori va yangi soliq boshligʻi haqida maʼlumot yoʻq.

Bundan oldinroq, 30 mart kuni oʻtkazilgan videoselektorda ham Toshkent shahrining Yunusobod tumani rahbariyati shu tartibda ishdan olingan edi.

Asosiy mavzular