01:04 19 Avgust 2017
Efir
Bulungʻur tumani

Mirziyoyev Bulungʻur va Nurobod hokimlarini ishdan oldi

Sputnik / Stringer
Siyosat
Havola olish
58750

Bulungʻur va Nurobod tumanlarida "toʻrtlik"lar ishdan ketgan, hokimlar hamda tuman prokurorlari, tuman davlat soliq inspektsiyasi rahbarlari hamda tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari lavozimini tark etgan

TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-15 aprel kunlarida Samarqand viloyatiga amalga oshirgan tashrifi vaqtida bir qancha rahbarlarni lavozimlaridan ozod qilgan, deb xabar berdi "Kun.uz".

Xususan, Bulungʻur va Nurobod tumanlarida «toʻrtlik»lar ishdan ketgan, hokimlar hamda tuman prokurorlari, tuman davlat soliq inspektsiyasi rahbarlari hamda tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari lavozimini tark etgan.

Bulungʻur tumani hokimi Xoʻjayorov Xayriddin Gadoyevich ishdan olinib, uning oʻrniga Vazirlar Maxkamasida masʼul vazifalarda ishlab kelgan Raximov Furqat Jalolovich nomzodini Bulungʻur tumani hokimi vazifasiga tavsiya qilingan.

Xalk deputatlari Bulungʻur tumani kengashi tomonidan tuman hokimini tayinlash haqidagi viloyat hokimining qarori  deputatlar tomonidan tasdiqlangan.

Nurobod tumani hokimligidan boʻshatilgan Ergashev Baxtiyor Qoʻshboyevich oʻrniga esa hali yangi rahbar tayinlanmagan.

Shuningdek, Qoʻshrabot tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Xolboyev Anvar ishdan olingan.

Qayd etish joizki, Oʻzbekistonda endilikda muayyan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun faqatgina hokimning oʻzi javob bermayapti. Qaysi tuman yoki shaharda hokim ishdan olinadigan boʻlsa, "toʻrtlik"ning barcha vakillari — hokim, prokuror, militsiya boshligʻi, DSI boshligʻi ishdan ketmoqda. Bu jamoaviy javobgarlik sifatida hisoblanmoqda.

Asosiy mavzular