23:54 24 Iyun 2017
Efir
Oʻzbekiston IIV Akademiyasi

Ichki ishlar Akademiyasida sirtdan oʻqish mumkin boʻladi

© podrobno.uz
Siyosat
Havola olish
60412

Akademiya kelgusi oʻquv mavsumida qabul kvotalarini ham oshirishi mumkin. Bu bilan soha vakillarining professional tayyorgarlik koʻrishi va taʼlim olishiga imkoniyat paydo boʻladi

TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Akademiyasida ayni vaqtda vazirlik tuzilmalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun sirtdan taʼlim olish imkoniyatini yaratishni rejalashtirmoqda.

Akademiya kelgusi oʻquv mavsumida qabul kvotalarini ham oshirishi mumkin. Bu bilan soha vakillarining professional tayyorgarlik koʻrishi va taʼlim olishiga imkoniyat paydo boʻladi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10 aprel kuni "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonida aytib oʻtilgan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Ichki ishlar organlari mamlakat fuqarolarini xizmatga qabul qilishi haqida xabar qilgan edik.

IIV oʻz safiga Toshkent shahrida doimiy roʻyxatda turib, istiqomat qiluvchi, oʻrta, oʻrta-maxsus, va oliy maʼlumotga ega boʻlgan, Qurolli kuchlar safida muddatli, bir oylik yoki oliy uquv yurtining harbiy kafedrasida tahsil olgan va ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xizmatga qabul qilishi eʼlon qilingan edi.

Asosiy mavzular