Almazbek Atambayev O‘zbekistonga keladi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishPrezident Kirgizskoy Respubliki Almazbek Atambayev
Prezident Kirgizskoy Respubliki Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida prezidentlar o‘zbek-qirg‘iz chegarasi borasida shartnoma imzolashi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga tashrifini tayyorlamoqda deb xabar qildi KNEWS agentligi Qirg‘iziston Tashqi Ishlar vazirligi xabariga asosan.

Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev va Mirziyoyev xavfsizlik, savdo hamda o‘zaro do‘stlik haqida kelishdi
Ayni damda Qirg‘iziston TIVi Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Oldin belgilangan  rejaga ko‘ra, ikki mamlakat ishchi guruhlari chegara masalalari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

 

"Tashrifning aniq sanasi hali e’lon qilinmagan. Atambayev O‘zbekistonga 2016-yilning 24-dekabrida kelgan edi. O‘shanda Qirg‘iziston prezidenti Samarqandda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan edi", — deyilgan xabarda.  

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘tgan haftada o‘zbek-qirg‘iz chegarasining 1000 kilometrlik bo‘lagi bo‘yicha kelishishuvga erishilganini xabar qilgan edi. Shuningdek, Kamilov ikki mamlakat prezidentlari Toshkentda uchrashib chegaraning kelishilgan ushbu bo‘lagi borasida shartnoma imzolashga qaror qilishganini xabar qilgan edi.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

 

 

Yangiliklar lentasi
0