23:53 24 Iyun 2017
Efir
Qirgʻiziston chegarasidagi harbiy xizmatchi

Oʻzbekiston 21 obʼyektni Qirgʻizistonga qaytardi

© Sputnik/ Tabыldы Kadыrbekov
Siyosat
Havola olish
1948011

Qirgʻiziston Hukumati raisi oʻrinbosari Jenish Razakov maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston shu vaqtgacha foydalangan 21 obʼyekt Qirgʻiziston yurisdiktsiyasiga qaytarilgan

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi hamda jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurash qoʻmitasi qoʻshma majlisida Qirgʻiziston hukumatining 2016 yil uchun hisobotini koʻzdan kechirishmoqda, deb xabar berdi knews.kg.

Qirgʻiziston Hukumati raisi oʻrinbosari Jenish Razakov taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston shu vaqtgacha foydalangan 21 obʼyektni Qirgʻiziston yurisdiktsiyasiga qaytargan.

"Qozogʻiston va Xitoy bilan chegarani delimitatsiya (chegaralarni belgilash, tahr.) va demarkatsiya (chegarani aniqlash boʻyicha ajratuvchi belgini oʻrnatish, tahr.) masalasi yakun topdi. Ayni vaqtda Oʻzbekiston va Tojikiston bilan faol ish olib borilmoqda. Bugungi kunga kelib Oʻzbekiston Respublikasi bilan umumiy davomiyligi 1379 km tashqil qiluvchi chegaraning 1054 km tavsiflandi. Shuningdek, avvaliga Oʻzbekiston tasarrufida boʻlgan 24 obʼyekt Qirgʻiziston yurisdiktsiyasiga qaytarilgan", — deb qoʻshimcha qilgan Razakov.

Oʻzbekiston va jahondagi eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlishni istasangiz, Sputnik Oʻzbekistonning Telegram-kanaliga obuna boʻling.

 

Asosiy mavzular