03:05 26 May 2017
Efir
Tayyorlov kurslari

Oʻzbekistonda rahbarlarni tayyorlash tizimi takomillashmoqda

© Sputnik/ Ruslan Krivobok
Siyosat
Havola olish
205 0 0

Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan matbuot anjumani oʻtkazildi

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda rahbarlarni tayyorlash tizimi takomillashmoqda, deb xabar qildi "Jahon" AA.

"Mamlakatimizning strategik maqsadlariga erishish salohiyatli rahbar kadrlar tayyorlash masalasi bilan uzviy bogʻliq. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruzasida kadrlar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Prezidentimiz tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi lozimligini taʼkidladi" — deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida davlat boshqaruvi organlarining rahbar xodimlariga qoʻyilayotgan talablar, ularning mazmun-mohiyatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tadbirda rahbar xodimlarni tayyorlash va ularning intellektual salohiyatini oshirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajriba hamda mamlakatimizdagi holat haqida akademiya rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilarining fikr-mulohazalari tinglandi. 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish tsingari chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati haqida fikrlar bildirildi.

Jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob qaytardi.

Oʻzbekiston va jahondagi eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlishni istasangiz, Sputnik Oʻzbekistonning Telegram-kanaliga obuna boʻling.

Asosiy mavzular