06:43 20 Oktyabr 2017
Efir
Sergeli tumani

Toshkentning Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi

© Novosti Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
126 0 0

Sergeli tumanining avvalgi hokimi Furqat Maqsudxoʻjayev qaysi ishga oʻtgani haqida hozircha maʼlumot yoʻq

TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi, deb xabar qildi "Kun.uz".

Nashrning yozishicha, Toshkent shahri hokimi oʻrinbosari Rahmonov Baxtiyor Sultonovich endilikda ushbu tuman hokimi sifatida ish boshlaydi.

"Rahmonov Toshkent shahri hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgandi", — deyiladi xabarda.

Sergeli tumanining avvalgi hokimi Furqat Maqsudxoʻjayev qaysi ishga oʻtgani haqida hozircha maʼlumot yoʻq.

Biroz oldinroq Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari Dilmurod Turdiyev Rahmatjonovich Toshkent shahri Yashnobod tumaniga hokim boʻlgani xabar qilingan edi.

Oʻzbekiston va jahondagi eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlishni istasangiz, Sputnik Oʻzbekistonning Telegram-kanaliga obuna boʻling.

Asosiy mavzular