06:44 20 Oktyabr 2017
Efir
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon

Mirziyoyev Erdoʻgʻonga masʼuliyatli faoliyatida zafarlar tiladi

Press-slujba prezidenta Ukrainы
Siyosat
Havola olish
18811

Oʻzbekiston prezidenti Turkiya rahbarini 16-aprel kuni boʻlib oʻtgan referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi

TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. 2017-yilning 18-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajep Tayyip Erdogʻanni 16-aprel kuni boʻlib oʻtgan referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

"Oʻzbekiston Prezidenti mamlakatlarimiz orasida oʻzaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan yaqin hamkorlik munosabatlari tobora faollashib borayotganidan mamnunligini taʼkidladi va qardosh oʻzbek va turk xalqlari oʻrtasidagi doʻstona aloqalar yaqin istiqbolda sifat jihatdan yangi pogʻonaga koʻtarilishiga ishonch bildirdi", — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Mirziyoyev Turkiya prezidentiga sihat-salomatlik, baxt-saodat va masʼuliyatli faoliyatida yangi zafarlar, qardosh Turkiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tilagan.

Oʻzbekiston va jahondagi eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlishni istasangiz, Sputnik Oʻzbekistonning Telegram-kanaliga obuna boʻling.
Teglar:
referendum, Erdoʻgʻon, Mirziyoyev, Turkiya

Asosiy mavzular