23:53 24 Iyun 2017
Efir
Patrul mashinasi

Oʻzbek militsiyasi Yaponiya, Malayziya va Xitoy politsiyachilaridan tajriba oʻrganadi

AP Photo
Siyosat
Havola olish
34620

Bu haqda Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligida mahkama rahbari, general-mayor Abdusalom Azizov va Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchisi janob Nobuaki Ito oʻrtasida oʻtkazilgan uchrashuv davomida aytib oʻtildi

TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nobuaki Ito Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.

Oʻzbek militsionerlari
© Flickr/ Digital Aesthetica
Oʻzbekiston IIV rahbari Abdusalom Azizov elchi Nobuaki Itoga murojaat qilar ekan "Yaponiya Oʻzbekistondan olisda joylashgan boʻlsa-da, ammo biz har doim Yaponiya hukumati va xalqi eʼtibori hamda qoʻllab-quvvatlashini his qilib turamiz", degan. Shuningdek, kunchiqar mamlakat birinchilardan boʻlib Oʻzbekiston suverenitetini tan olganligi, mamlakatni rivojlantiruvchi muhim sohalarda har tomonlama yordam berib kelgani ham koʻp narsadan dalolat berishini qayd etgan.

Oʻzbekiston va Yaponiya singari doʻstona davlatlar oʻrtasida davlatlar va idoralararo samarali va yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani taʼkidlangan.

Jumladan, Oʻzbekiston va Yaponiya Ichki ishlar mahkamalari oʻrtasida xavfsizlik masalalarida va xalqaro terrorizm hamda jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurash boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani aytib oʻtilgan. Oʻzbekiston IIV xodimlari delegatsiyalar tarkibida yaponiyalik hamkasblari bilan bir necha bor uchrashganliklari va professional sohada oʻzlari uchun koʻplab yangi va foydali koʻnikmalar olganliklari taʼkidlangan.

"Muhataram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich jamoatchilik xavfsizligini taʼminlash borasida Yaponiya, Malayziya va Xitoy huquq-tartibotchilari tajribasini oʻrganishni va oʻzlashtirishni taklif etdilar. Va bu oʻzaro manfaatli hamkorlik jihatdan ham juda foydali boʻlardi. Yaponiyada, xuddi Oʻzbekistonda singari, milliy urf-odatlar va anʼanalarga sadoqat, katta avlodga hurmat-ehtirom, yoshlarning Vatanga muhabbat ruhida tarbiya qilinishiga katta eʼtibor koʻrsatiladi. Mana shu umumiy mohiyat bizning xalqlarimizga yanada yaqinroq boʻlish va oʻzaro aloqa qilish imkonini beradi", — degan vazir, general-mayor Azizov.

Yaponiya Elchisi suhbat davomida diplomatik korpuslarni qoʻriqlayotgan Oʻzbekiston Ichki ishlar xodimlarining professionalligi va oʻz burchiga sadoqati eng yuqori maqtovlarga loyiqligini eʼtirof etgan. Shuningdek, Elchi Oʻzbekistonga har yili dunyoning turli burchaklaridan juda koʻplab sayyohlar tashrif buyurishlarini, ular orasida boshqa mamlakatlar qatorida, Yaponiya fuqarolari ham borligini va ular Oʻzbekiston hududida toʻliq xavfsizlikda ekanini qayd etgan. Elchining soʻzlariga koʻra, bu — Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining jinoyatchilikni turli shakllariga qarshi kurashishda qobiliyati tasdigʻi boʻlib, aynan shuning uchun mamlakatda tinchlik va osoyishtalik ishonchli saqlanib kelinmoqda.

Oʻzbekiston va jahondagi eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlishni istasangiz, Sputnik Oʻzbekistonning Telegram-kanaliga obuna boʻling.

Asosiy mavzular