18:25 29 May 2017
Efir
Qozogʻiston prezidenti Nursultan Nazarbayev

Nazarboyev Ostona markazi haqida: beti yuvilgan, keti esa teshik

© Sputnik/ Sergey Guneev
Siyosat
Havola olish
65830

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev bugun EXPO-2017 yarmarkasiga tayyorgarlik masalalarida yigʻilish oʻtkazmoqda. Aytish joizki, rahbarlarga murojaatida qozoqlar yetakchisi oʻta kulgili va antiqa iboralarni ishlatmoqda

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Qozogʻiston rahbari Nursulton Nazarboyev Ostona hokimi Aset Isekeshevga poytaxt markazidagi haroba uylarga ishora qilgan, deb xabar qilmoqda qozoq OAVlari.

Nazarboyev poytaxt hokimiga eski uylar aks etgan suratlarni koʻrsatgan.

"Poytaxtimiz markazi qanday koʻrinishdaligini koʻrib qoʻying. Qara. Ana u yoqda bizning mashhur opera teatrimiz, koʻryapsanmi? Boshqa joylar ham bor, shahar markazida. (…) Biz nima haqda gapiryapmiz? Sayyohlar oʻsha joylarga boradilar, suratga olib, butun dunyoga koʻrsatadilar. Yuzini yuvib qoʻyganmizu, keti esa teshik, qara", — degan Nazarboyev.

"Kelinglar, chuqurroq ishlaylik. Agar shunga zarurat boʻlsa, buning uchun maxsus mablagʻ ajratib, aynan hozirning oʻzida tartibga keltirish kerak. EXPO bahonasida "tozalanib" olish imkoniyati bor. Agar u bu yerda uylar qursa, unga arzonga tushadi. Kommunikatsiyalar, issiqlik taʼminoti, hamma sharoit muhayyo. Shaharning markaziy tumanlarini gʻarib turar-joylardan ozod etish lozim. Agar buning uchun Parlamentda maxsus qonun qabul qilish kerak boʻlsa, kelinglar, shunday qilaylik. Chunki bu yer poytaxt, bu yerda butun mamlakat manfaati mujassam", — qoʻshimcha qilgan Nazarboyev.

Asosiy mavzular