04:46 19 Oktyabr 2017
Efir
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov

Abdulaziz Kamilov oʻzbekistonlik terrorchi haqida batafsil maʼlumot berdi

© Sputnik/ Yevgeniy Biyatov
Siyosat
Havola olish
104341

Kamilov Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari gʻarblik sheriklarga Rahmat Oqilovning qonunga qarshi harakatlari haqida xabar berilgani, biroq shunga qaramay, soʻnggi voqealar unga qarshi hech qanday choralar qoʻllanilmaganini namoyon etishini taʼkidladi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. 14-aprel kuni Toshkent shahridagi Xalqaro matbuot klubida oʻtkazilgan ochiq muloqot chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 7-aprel kuni Stokgolm shahrida qoʻporuvchilik harakatlarini sodir etgan va Shvetsiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qoʻlga olingan Rahmat Oqilov Oʻzbekiston fuqarosi ekani haqida aytdi. "Jahon" AA xabari asosida.

Politsiya Shvetsii
© AFP / JANERIK HENRIKSSON / TT NEWS AGENCY
U Samarqand viloyatida tugʻilib oʻsgan, 2014-yilda Shvetsiyaga borib, qurilish obʼyektlarida mehnat qilgan. Oʻsha yerda Oqilov "Islom davlati" xalqaro terrorchilar tashkilotining daʼvatchilari tomonidan jalb etilgan, terrorchilar tomonidan turib Suriyadagi jangovor harakatlarda ishtirok etishga faol undalgan.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari gʻarblik sheriklarga R.Oqilovning qonunga qarshi harakatlari haqida xabar berilgani, biroq shunga qaramay, soʻnggi voqealar unga qarshi hech qanday choralar qoʻllanilmaganini namoyon etishini taʼkidladi.

Stokgolmdagi qoʻporuvchilik harakati soʻnggi vaqtlarda turli mamlakatlarda sodir etilayotgan mudhish voqealar sonini davom ettirdi. Atigi bir necha oy davomida Buyuk Britaniya, Germaniya, Misr, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya kabi davlatlarda yirik dahshatli hodisalar sodir etildi, Iroq, Pokiston, Suriya, Afgʻonistonda, Afrika davlatlarida muntazam takrorlanib kelayotgan qoʻporuvchilik harakatlari haqida gapirmasa ham boʻladi. Ayni paytda ushbu aktsiyalar Yevropaning xavfsizlik tizimida jiddiy boʻshliqning mavjudligini koʻrsatdi va buning uchun begunoh odamlarning qurbonligi badal boʻldi.

Agar terrorchilar ilgarilari oʻzlarining jinoiy niyatlarini amalga oshirish uchun asosan portlatishlardan va xudkushlarning "xizmat"laridan foydalanishgan boʻlsa, endilikda ular shaharning qoq oʻrtasida yuk mashinasini oʻgʻirlashlari va uni olamon ustiga boshqarishlari, oʻnlab odamlarni mayib-majruh qilishlari, oʻldirishlari ham mumkinligi kuzatilmoqda.

Bunday "uslub"ni sal oldinroq Nitstsa, Berlin, London shaharlarida koʻrgandik, endi esa, Stokgolmda sodir boʻldi. Terrorning geografiyasi kengaymoqda, qoʻllayotgan usullari vahshiylashmoqda, jinoyatchilar esa, qonunsizlikdan maroqlanib, oʻzlarini behayo va surbetlarcha tutishmoqda.

Shubhasiz, bu kabi shov-shuvga sabab boʻlgan voqealar vaqtida ommaviy axborot vositalarida "gʻala-gʻovur” koʻtariladi, sodir boʻlgan hodisa yuzasidan turli fikrlar va taxminiy qarashlar paydo boʻla boshlaydi. Xolis xususiyatga ega maqolalar bilan bir qatorda, ayrim oʻzlarini ekspert deb atovchi odamlarning soxta tahliliy mulohazalari eʼlon qilinadi. Shu kabi holni Stokgolm voqealari munosabati bilan ham kuzatamiz: baʼzi jurnalistlar bu singari fojeadan millat va dinga nisbatan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan xurujlarni amalga oshirishda foydalanishadi.

Tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, murakkab vaziyatlarda shoshqoloqlik bilan qarorlar qabul qilinishi, puxta oʻylanmagan, qandaydir taʼsirlar ixtiyorida bildirilgan mulohazalar vaziyatni faqatgina yomonlashtirishi mumkin.

Yaqinda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida sodir etilgan xunrezlikdan keyin musulmonlarning anʼanaviy kiyimida va soqolini oʻstirgan holda yurgan Rossiya fuqarosi Andrey Nikitin videokuzatuv kameralari tasmasiga tushgani va shu onning oʻzida birinchi raqamli shubhali shaxsga aylangani haqidagi taajublanarli holatni eslaylik. Shov-shuv koʻtarishni oʻziga shior qilib olgan ayrim ommaviy axborot vositalari barcha tafsilotlarni sinchiklab oʻrganishga ulgurmagan boʻlsada, oʻsha paytdayoq A.Nikitinning suratini terrorchi degan dahshatli yorliq bilan koʻp nusxada tarqatib yubordi. Bu ham yetmagandek, u ushbu toʻfonning qurboni boʻldi. Axborot boʻronining.

Oʻzbekiston, OAVning vahimali daʼvolariga qaramay, masʼuliyatli pallada bosiqlik va vazminlikni saqladi. Qachonki barcha tafsilotlar aniqlanib boʻlganidan soʻng, Tashqi ishlar vazirligi rahbari A.Komilovning batafsil, tasdiqlangan maʼlumotlar bilan toʻldirilgan bayonoti eʼlon qilindi.

Rahmat Oqilov, aniqlanishicha, Oʻzbekistonda qidiruvda boʻlgan, gʻarbdagi sheriklar esa, uning qonunbuzarlik harakatlaridan xabardor boʻlishgan. Ushbu dalilga, afsuski, qoʻporuvchilik harakatlari tashkilotchilarining etnik, diniy va hududiy  mansubligiga eʼtibor qaratishni oʻzlaricha muhim deb hisoblovchi ayrim ommaviy axborot vositalari tomonidan mensilmagan holda, eʼtiborsizlik bilan qaralmoqda.

Bunday yondashuv axborot oluvchilarning eʼtiborini muammoning mohiyatidan chalgʼitadi, fuqarolarda butun boshli millatga nisbatan boʻhtondan iborat munosabat uygʻotadi, davlatlar va xalqlar oʻrtasidagi ishonchning ildiziga bolta urishga olib boradi.

Ulkan taassuf bilan aytish mumkinki, bugun terrorchilarning nishoniga aylangan koʻplab davlatlar oʻzlarining "ochiq eshiklar" siyosati samaralarini pasaytiradilar. Ular faoliyatining mohiyati oʻnlab yillar davomida turarjoy soʻrab murojaat qilganlarning, jumladan, oʻzbekistonliklarning shaxsiga eʼtibor qilmasdan, zarur boʻlgan oʻrganish jarayonisiz, hatto ularning shubhali oʻtmishi haqidagi maʼlumotlarni mensimasdan boshpana berish bilan cheklangan.

Natijada muhojir koʻrinishida boʻlgan goʻyoki "siyosiy qochoq"lar ushbu davlatlarda radikal oqimlarning vakillariga aylanadi, yoki, Oqilovga oʻxshab, oʻsha guruhlarga ixlos qoʻyganlar boʻlib chiqadi. Ular oʻz vatanlarida huquqni muhofaza qilish organlarining kuzatuvlari doirasiga tushgan boʻladi, biroq sudlovdan qochib xorijiy davlatga ketishni maʼqul koʻrishadi.

Shubha ostiga olinganlarni ekstraditsiya qilish haqidagi soʻrovlar aksariyat hollarda pisand qilinmadi, ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqiruvlar esa, koʻpmadaniyatlilik siyosatini "zaiflashtirish"ga urinish, deb qabul qilindi.

Vaziyatni huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining hukumat tomonidan xavfli jinoyatchilar va ekstremistlarning davlatga yuborilishini talab qilish goʻyoki inson huquqlariga nisbatan tajovuz sifatida baholanadigan munosabati ham murakkablashtiradi.

Shak-shubhasiz, bugun zulmkorlik harakatlarida ayblanayotganlar bir kunda terrorchiga aylanishgani yoʻq. Ular odamlarni faqatgina diniy emas, yana boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilgan mutaassiblik gʻoyalari bilan manqurtlashtirishning butun boshli tizimi yoʻlga qoʻyilgan davlatlarda "ongni tozalash" jarayonlarini boshlaridan kechirishgan.

Ular qatʼiy jurʼatga ega boʻlishgani holda, oʻz rahnamolarining ishorasi bilan qoʻporuvchilik harakatlarini amalga oshirishga tayyor boʻlgan "uyquda" deb ataluvchi boʻlimchalarni tuzib, oilalari va maslakdoshlari bilan birga asosan Yevropa davlatlarining poytaxtlarida qulay oʻrnashib olishgan. Mazkur guruhlar tomonidan "muhojirlar xilvatxonalari" deb yuritiluvchi joylarda yashovchi yoshlar orasida faol tashviqot ishlari olib borilgan, ushbu davlatlarning hukumatlari esa, ajoyib kunlarning birida muhojirlar shubhali oʻtmishlari bilan xayrlashib, koʻpmadaniyatlilik gʻoyalariga singib ketishadi, deya xato xulosa qilganlari holda, ushbu anʼanalarga eʼtibor qaratmaslikni maʼqul koʻrishdi. Axir, uyda ilonni saqlab, u menga hujum qilmaydi, deya koʻr-koʻrona umid qilish mumkin emasku!

Radikal oqimlarning bugungi kunda Yevropada joylashib olgan koʻplab aʼzolari ikki, baʼzi birlari esa, uchta davlat fuqaroligiga ega shaxslar boʻlib, bu ularga bir davlatdan ikkinchisiga oʻtib ketish, qilgan jinoyati uchun jazosiz qolishda qulaylik tugʼdiradi. Oʻzbekiston hukumati halqaro hamjamiyatni diniy ekstremizm va terrorizm xavfidan turli minbarlardan turib bir necha marta ogohlantirgandi. Biroq ushbu chaqiriqlarga, begunoh qurbonlar va ularning oilalari oldida afsuslar boʻlsinki, quloq tutilmadi.

Oʻzbekistonda esa, taʼkidlab oʻtamizki, yosh avlod ongida radikal oqimlarning taʼsirlariga qarshi immunitetni oshirish, jamoat tartibini muhofaza qilish, davlat chegaralarini har tomonlama mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar orqali diniy ekstremizm gʼoyalarining tarqalishi yoʻllariga barqaror toʻsiq qoʻyilgan. Bu hukumat va tegishli tuzilmalar tomonidan olib borilgan sermashaqqat mehnatlarning natijasi emasmi? Oʻzlari nima deyishayotganlarini oʻylab koʻrmagan holda, baʼzi bir qalam sohiblari Oʻzbekistonni butun dunyoga tahdid soluvchilar yetishib chiqadigan davlat sifatida koʻrsatishga urinishmoqda. Bunday munosabat nafaqat mamlakatni obroʻsizlantiradi, balki xorijiy sarmoyadorlar va biznes sheriklarni choʻchitadi.

Terrorchilik tashkilotlari tomonidan oʻz faoliyatlarida oʻzlariga mos holda notoʻgʻri talqin qilingan Islom dinining asoslaridan gʻoyaviy niqob ostida foydalanilayotgani ham taassuf uygʻotadi. Ayrim ommaviy axborot vositalari esa oʻzlarini "estafeta maromini saqlab turgan" hisoblab, muqaddas dinni asossiz ravishda terrorizm bilan bogʻlashga tushib ketishdi, diniy ekstremizm tushunchasi axborot makonida "islom omili" sifatida yuritila boshladi. Shu orqali ushbu dinni eʼtiqodga qaraganda koʻproq siyosiy gʻoyalar yigʻindisi sifatida koʻrish hollari tez-tez uchray boshladi.

Barcha oqil odamlarga yaxshi maʼlumki, biron bir din begunoh odamlar hayotiga suiqasd qilishni yoqlamaydi. Bu ayniqsa, nomining oʻzi tinchlik maʼnosini anglatuvchi Islom diniga tegishlidir. U odamlarning eʼtiqodi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, ularning hayotlariga va mulklariga gʻamxoʻrona munosabatda boʻlishga chaqiradi, shuning uchun kimki ushbu din niqobi ostida zoʻravonlik bilan shugʻullansa, uning maqsadi ham, usullari ham Islom dini asoslariga koʻra oqlanishi mumkin emas.

Darhaqiqat, terrorizm — millat va chegara bilmas yovuzlikdir va mutlaqo hech kim undan zarar kshrish kafolatlanmagan. Biroq global tahdidga qarshi yagona, birlashgan kuch bilan kurashish oʻrniga baʼzan ayrim ommaviy axborot vositalari va ekspertlarning ham "xizmat"lari tufayli bizning dunyomizda etnik-diniy alomatlar ostidagi tarqoqliklar davom etmoqda. Bu esa jinoyatchilarning tegirmonlariga suv quymoqda va xalqaro hamjamiyatning terrorizmga qarshi kurash boʻyicha shakllangan poydevorini barbod qilmoqda.

Asosiy mavzular