Mirziyoyev va Nazarbayev o‘zaro savdoni 5 mlrd $ ga yetkizishga kelishib olishdi

© Sputnik / Bolat ShayxinovShavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev
Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentlar biznes subektlari o‘rtasida bevosita va uzoq muddatli sheriklik aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashish, transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatini oshirish, hududlararo aloqalarni yanada kengaytirish haqida kelishib olishdi.

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbayev o‘zaro tovar ayrboshlash hajmini 5 mlrd dollarga yetkizishga kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIVi.

Prezidentlar o‘tgan davr orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ikki mamlakat vakillari yaqin yillarda biznes subektlari o‘rtasida bevosita va uzoq muddatli sheriklik aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashish, transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatini oshirish hisobidan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish haqidagi mo‘ljalini tasdiqladilar.

Shuningdek, hududlararo, avvalambor, chegaraoldi hududlar o‘rtasida aloqalarni yanada kengaytirish, madaniy-gumanitar munosabatlarni faollashtirish tashabbusi ham qo‘llab-quvvatlandi.

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid ayrim masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari suhbati samimiy va do‘stona, o‘zaro anglashuv va hurmat ruhida bo‘lib o‘tdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0