Kamilov Chavushoglu bilan o‘tkazgan muzokalar bo‘yicha bayonot berdi

© MID UzbekistanaO‘zbekiston TIV rahbari A. Kamilov Turkiya TIV rahbari M. Chavushoglu bilan
O‘zbekiston TIV rahbari A. Kamilov Turkiya TIV rahbari M. Chavushoglu bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chavushoglu bilan bo‘lib o‘tgan muzokalar yakunlariga ko‘ra OAV vakillariga bayonoti matni e’lon qilindi

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 8-raundi yakuniga yetdi, deb xabar qiladi "Jahon" AA.

Ta’kidlanishicha, muzokaralar davomida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, sayyohlik, madaniy va boshqa sohalarda ikki tomon munosabatlariga doir barcha dolzarb masalalar batafsil muhokama qilingan.

Glava MID Tursii Mevlyut Chavushoglu - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga kelmoqda
"Bo‘lib o‘tgan suhbat o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda aksariyat dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, shuningdek yetakchi xalqaro tashkilot va institutlar, birinchi navbatda BMT va Islom hamkorlik tashkiloti doiralaridagi aloqalarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha pozitsiyalarimizning o‘xshash va muvofiqligini tasdiqladi.

Bugungi uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma ruhi va tamoyillariga ikki tomonning ham birdek sodiqligi qayd etildi.

Siyosiy maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha o‘zaro aloqalarning yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallagan maqsad va vazifalarini belgilab beruvchi muhim kelishuvlarga erishildi.

Ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi o‘zbek-turk munosabatlarini har jihatdan rivojlantirishga xizmat qiladi" deb ishonch bildirgan Kamilov.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0