Mirziyoyev Makronni g‘alaba qozongani bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev yangi saylangan prezidentga mustahkam sog‘liq va ulkan zafarlar, do‘st Fransiya xalqiga esa xotirjamlik hamda farovonlik tilagan

TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni bo‘lib o‘tgan saylovlardagi ishonchli g‘alabasi va Fransiya Respublikasi prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron - Sputnik O‘zbekiston
Fransiya tarixida eng yosh prezident saylandi
Xabarda keltirilishicha, davlat rahbari Makronga yo‘llagan maktubida "ushbu yuqori va mas’uliyatli lavozimidagi faoliyati o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va ishonch tamoyillariga asoslangan an’anaviy va sermahsul O‘zbekiston-Fransiya hamkorligini yanada rivojlantirishga yo‘naltiriladi", deya ishonch bildirilgan.

Shavkat Mirziyoyev yangi saylangan prezidentga mustahkam sog‘liq va ulkan zafarlar, do‘st Fransiya xalqiga esa xotirjamlik hamda farovonlik tilagan.

Eslatib o‘tamiz, 7-may kuni Fransiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.

Saylovlarda 39 yashar Emmanuel Makron g‘olib chiqdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0