05:20 25 Noyabr 2017
Efir
Vizit prezidenta Turtsii v Uzbekistan

Mirziyoyev Pekinda Erdoʻgʻon bilan uchrashdi

© Ofitsialnыy sayt prezidenta Turtsii
Siyosat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)
29422

Oʻzbekiston va Turkiya prezidentlari Xitoy poytaxtida boʻlib oʻtayotgan “Bitta belbogʻ – bitta yoʻl” forumi doirasida uchrashishdi.

TOSHKENT, 14 maya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Pekinda Rajab Toyib Erdoʻgʻon bilan uchrashdi. Oʻzbekiston prezidenti ushbu uchrashuv ikki mamlakat orasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay vaziyat ekanini taʼkidladi, Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabari asosida.

Mirziyoyev Oʻzbekiston va Turkiya orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, turizm va boshqa sohalarda sohasida hali ishlatilmagan ulkan imkoniyatlar salohiyati borligini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida 2016 yilning 18 noyabrida Samarqandda boʻlib oʻtgan uchrashuvdagi shartnomalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Oʻzaro savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, turizm infrastrukturasini zamonaviylashtirish, toʻqimachilik, teri mahsulotlari, kimyo, farmatsevtika sanoati hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Xitoy poytaxtida “Bitta belbogʻ – bitta yoʻl” xalqaro hamkorlik forumi boʻlib oʻtmoqda. Unda 110 mamlakat vakillari, jumladan 29 mamlakat davlat rahbarlari ishtirok etmoqda.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)

Mavzu boʻyicha

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi

Asosiy mavzular